II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB) - H90.3

II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB) - H90.3

II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB) - H90.3

Bu nima:

II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB, H90.3) - u quloq va eshitish nervi to‘liq emas, go‘yo ovoz balandligi bir pog‘ona pasaytirilgandek ishlaydigan holatdir.
Bu to‘liq karlik emas, ammo:

  • past ovozli nutqni, pichirlashni, uzoqdan aytilgan so‘zlarni bola yomon eshitadi;
  • yonida baland ovozda gapirilsa — yaxshi yoki deyarli yaxshi eshitadi.

Ko‘pincha ikkala quloq bir vaqtda zararlanadi — bunday holatda tashxisda “ikki tomonlama” deb ataladi.

Asosiy belgilari:

Quyidagi holatlar ota-onalarda shubha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan odatiy “signal”lar keltirilgan:

  • bolani boshqa xonadan chaqirishda, ba’zan javob beradi, ba’zan esa yo‘q.
  • ko‘pincha: "a? nima? takrorlang." ayniqsa, bog‘chada, maktabda, ko‘chada.
  • televizor, multfilm yoki musiqani boshqalarga nisbatan balandroq qilib qo‘yadi.
  • shovqin-suronli joylarda (bolalar guruhi, sinf, kafe) o‘zini yo‘qotib qo‘yadi: yuzlarga qaraydi - nima deyishayotganini "taxmin qiladi."
  • nutqi kechroq rivojlanadi, ayrim tovushlarni tushirib qoldiradi: “mushuk” o‘rniga «mu».
  • pedagog «diqqatsiz, xayolparast», deb shikoyat qilsa, aslida bola hammasini eshitmay qolgan bo‘ladi.

Juda muhim: bunday bola "zaif eshituvchi" bo‘lib ko‘rinmaydi - baland ovozga javob beradi, multfilmlar ustidan kuladi, shuning uchun ko‘pincha muammoni uzoq vaqt payqashmaydi.

Ehtimoliy sabablari:

Sabablar ko‘p, lekin asosiylari:

Tug‘ilishdan oldin va tug‘ruq paytida:

  • genetika (genlardagi buzilish, ayniqsa GJB2);
  • onadagi infeksiyalar (ko‘pincha sitomegalovirus);
  • og‘ir tug‘ruq: bo‘g‘ilish, kuchli gipoksiya, vazn yetishmovligi, reanimatsiya, og‘ir sariqlik.

Tug‘ilgandan keyin:

  • meningit, og‘ir virusli infeksiyalar;

·        ototoksik dorilar.

  • bosh jarohatlari, yaqin atrofda kuchli tovush portlashi;
  • ba’zi nevrologik va genetik kasalliklar.

Ba’zan, barcha tekshiruvlarga qaramay, sabab aniqlanmasligi mumkin — bu ham tibbiyotda uchraydigan holat hisoblanadi.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:

Mukammal ssenariy (tavsiyalarda ko‘rsatilganidek):

  • tug‘ruqxonada eshitish qobiliyatini tekshirish yoki hayotining 1 oyigacha;
  • aniqlashtiruvchi tashxis (BAA, KSVP, boshqa testlar) - 3 oygacha;
  • Reabilitatsiyaning boshlanishi (eshitish moslamalari + mashg‘ulotlar) - 6 oygacha.

Ammo aynan II daraja ko‘pincha “ko‘zdan silliq o‘tib ketadi”:

  • bola baland tovushlarga javob berayotganga o‘xshaydi,
  • muammo 1,5-3 yoshga kelib, nutq rivojlanishi pasayganda seziladi,
  • maktab yoshida esa «sinfda yomon eshitaman», «shovqin halaqit beradi» degan shikoyatlar paydo bo‘ladi, o‘qish samaradorligi pasayadi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

Eshitish qobiliyatini dori vositalari bilan tiklab bo‘lmaydi, lekin uni ajoyib tarzda qoplash mumkin.

1.     To‘g‘ri diagnostika

Surdolog / LOR + obyektiv testlar (BAA, KSVP, ASSR, audiometriya).

2.     Eshitish moslamalari - odatda ikkala quloqda

·       Mutaxassis tanlaydi va sozlaydi.

·         Ular yetishmayotgan tovushni kuchaytirib, miyaga to‘liq nutq yetib borishini ta’minlaydi.

3.     Surdopedagog va logoped

·     tinglashni, tushunishni, gapirishni o‘rgatadi;

·     so‘z boyligini rivojlantiradi, grammatikani o‘rgatadi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi.

4.     Uydagi nutq muhiti

·     Bola bilan muloqot qilish va bolaga yuzma-yuz turish;

5.     Bog‘cha va maktabda sharoit yaratish

·     bolani o‘qituvchiga yaqinroq o‘tirg‘izing.

·     aniq va ravon gapirishni, muhim joylarni takrorlashni so‘rang.

·      zarur bo‘lsa — qurilmaga ulanadigan tashqi mikrofonlardan foydalaning.

6.     Ruhiy yordam

o    tinglashga va gapirishga harakat qilganligi uchun maqtamoq.

Eslab qolish muhim!

·        yordamsiz miya tovushni to‘liq qabul qila olmaydi.

·        eshitish qanchalik erta tekshirilib, qurilmalar o‘rnatilsa, bola rivojlanishda tengdoshlariga shunchalik yaqin bo‘ladi.

- Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.

- Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

-  Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi. Komissiyadan o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali amalga oshiriladi.