II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB) - H90.3

II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB) - H90.3

II darajali neyrosensor eshitish zaifligi (41-55 dB) - H90.3

Bu nima

II darajali neyrosensor eshitish pasayishi (41–55 dB, H90.3) — bu eshitish to‘liq emas, ya’ni tovush go‘yoki bir pog‘ona past eshitiladigan holatdir.

Bu to‘liq karlik emas, ammo:

- past ovozli nutqni, pichirlashni, uzoqdan aytilgan so‘zlarni bola yomon eshitadi;

- yonida baland ovozda gapirilsa — yaxshi yoki deyarli yaxshi eshitadi.

Ko‘pincha ikkala quloq bir vaqtda zararlanadi — bunday holatda tashxisda “ikki tomonlama” deb ataladi.

Asosiy belgilari:

Ota-onalar e’tibor berishi kerak bo‘lgan belgilar:

- bolani boshqa xonadan chaqirishda, ba’zan javob beradi, ba’zan esa yo‘q;

- ko‘pincha: "a? nima? takrorlang." ayniqsa, bog‘chada, maktabda, ko‘chada;

- televizor, multfilm yoki musiqani boshqalarga nisbatan balandroq qilib qo‘yadi;

- shovqin-suronli joylarda (bolalar guruhi, sinf, kafe) o‘zini yo‘qotib qo‘yadi: yuzlarga qaraydi - nima deyishayotganini "taxmin qiladi";

- nutqi kechroq rivojlanadi, ayrim tovushlarni tushirib qoldiradi: “mushuk” o‘rniga «mu»;

- pedagog «diqqatsiz, xayolparast», deb shikoyat qilsa, aslida bola hammasini eshitmay qolgan bo‘ladi.

Muhim: bunday bola "zaif eshituvchi" bo‘lib ko‘rinmaydi - baland ovozga javob beradi, multfilmlarga kuladi, sshu sabab muammo kech aniqlanadi.

Ehtimoliy sabablari:

Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, eng ko‘p uchraydiganlari:

Homiladorlik va tug‘ruq davrida:

- genetik omillar (xususan, GJB2 geni);

- onadagi infeksiyalar (ko‘pincha sitomegalovirus);

- og‘ir tug‘ruq: asfiksiya, kuchli gipoksiya, juda past vazn, reanimatsiya, og‘ir sariqlik.

Tug‘ilgandan keyin:

- meningit va og‘ir virusli infeksiyalar;

- ototoksik dorilar.

- bosh jarohatlari, juda kuchli tovush ta’siri;

- ayrim nevrologik va genetik kasalliklar.

Ba’zi hollarda sabab aniqlanmasligi mumkin — bu ham tibbiyotda uchraydigan holat hisoblanadi.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi

Ideal holatda:

- eshitish skriningi — tug‘ruqxonada yoki 1 oygacha;

- aniqlashtiruvchi tekshiruv — 3 oygacha;

- reabilitatsiya boshlanishi — 6 oygacha.

Amaliyotda:

- bola baland tovushlarga javob bergani uchun muammo ko‘rinmaydi;

- odatda 1,5–3 yoshda nutq kechikganda aniqlanadi;

- maktabda “eshitmayapman”, “shovqin halal beradi” degan shikoyatlar paydo bo‘ladi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash

Eshitish qobiliyatini dori bilan tiklab bo‘lmaydi, lekin uni yaxshi kompensatsiya qilish mumkin.

1. Tekshiruv — surdolog/LOR va maxsus testlar (OAE, KSVP, ASSR, audiometriya).

2. Eshitishni kompensatsiya qilish — odatda ikkala quloqqa eshitish apparatlari qo‘yiladi, ular nutqni yaxshiroq eshitishga yordam beradi.

3. Nutqni rivojlantirish — surdopedagog va logoped bola nutqni tushunishi, gapirishi va to‘g‘ri talaffuz qilishiga yordam beradi.

4. Kundalik muloqot — uyda bola bilan ko‘p, sokin va yuzma-yuz gaplashish, mimika va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.

5. Ta’lim — bog‘cha va maktabda bola pedagogga yaqin o‘tirishi, aniq nutqni eshitishi va zarur bo‘lsa qo‘shimcha qurilmalardan foydalanishi kerak.

6. Psixologik qo‘llab-quvvatlash — bolani qo‘llab-quvvatlash va uning harakatlarini rag‘batlantirish muhim.

Eslab qolish muhim!

Yordam bo‘lmasa, bola nutqni to‘liq eshita olmaydi. Qanchalik erta tekshiruv va reabilitatsiya boshlansa, bola tengdoshlarga shunchalik yaqin rivojlanadi.

Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.

Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi. Komissiyadan o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali amalga oshiriladi.