Og‘ir maymoqlik - Q66.0 / Q66.1 / Q66.4
Og‘ir maymoqlik - Q66.0 / Q66.1 / Q66.4
Bu nima
Og‘ir maymoqlik oyoq panjasining tug‘ma deformatsiyasi bo‘lib, bunda u keskin ichkariga yoki pastga/yuqoriga burilgan, oyoqqa tayanish buzilgan va harakatlar keskin cheklangan bo‘ladi.
Og‘ir shakllarda nafaqat mushak va boylamlar, balki panja suyaklari va to‘piq bo‘g‘imi ham zararlanadi, bu esa davolashsiz yurishni qiyinlashtiradi.
Asosiy belgilari
- oyoq panjaning aniq noto‘g‘ri holati (ichkariga va pastga, yoki yuqoriga va tashqariga burilishi);
- oyoqni qo‘l bilan normal holatga keltirib bo‘lmaydi — panja qattiq bo‘ladi;
- bola yurganda panjaning tashqi qismi yoki barmoqlari bilan tayanadi;
- yurishning buzilishi;
- boldir mushaklarining yupqalashishi, oyoqning qisqarishi ehtimoli;
- tez charchash, oyoq va boldirda og‘riqlar;
- poyabzalning notekis yeyilishi.
Ehtimoliy sabablar
- tug‘ma rivojlanish xususiyatlari, genetik moyillik;
- homiladorlik davrida mushak, pay va suyaklarning noto‘g‘ri shakllanishi;
- nevrologik va genetik kasalliklar (masalan, BMF, artrogripoz va boshqalar).
Kam hollarda og‘ir deformatsiyalar jarohatlar, kuyishlar yoki falajdan keyin yuzaga keladi.
Odatda qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi
Og‘ir qiyshiq oyoqlik tug‘ilganda darhol ko‘zga tashlanadi.
Davolash usullari odatda hayotning ilk oylarida belgilanadi. Vaqtida murojaat qilinmasa, bola yurishni boshlaganda muammo yanada kuchayadi.
Bolani qo‘llab-quvvatlash
Davolash qanchalik erta boshlansa, natija shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Qo‘llaniladi:
- bosqichma-bosqich gipslash;
- ortozlar va maxsus poyabzal;
- og‘ir holatlarda — jarrohlik davolash;
- davolovchi jismoniy mashqlar, massaj, fizioterapiya.
Ota-onalar uchun muhim:
- ortozlarni belgilangan tartibda taqish;
- shifokor tavsiyalariga amal qilish;
- bolani ruhiy qo‘llab-quvvatlash.
Eslab qolish muhim
- og‘ir maymoqlik — tug‘ma rivojlanish xususiyati;
- davolanmasa, oqibatida oqsoqlanish, og‘riq, erta artroz va qomat buzilishlari rivojlanishi mumkin;
- o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash orqali ko‘pchilik bolalar faol hayot kechirishi va tengdoshlaridan farq qilmasligi mumkin.
Malakali maslahat yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ortoped-travmatologlar shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Reabilitatsiya:
- 2 yoshdan — iaktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida;
- 3 yoshdan — yoshdan va umumta’lim muassasalarining inklyuziv sinflarida, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida;
- 7 yoshdan — umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshiriladi.
Yuqoridagi muassasalarga joylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur. Buning uchun “Inson” ijtimoiy xizmat markazlariga murojaat qilinadi.
- Reabilitatsiya yordami ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) 2 yoshdan, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida 3 yoshdan va umumta’lim muassasalarining inklyuziv sinflarida, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida 7 yoshdan boshlab amalga oshiriladi.
- Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilgan holda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish lozim.