Ko‘r-kar-soqovlik kombinatsiyasi - H90.3 + H54.0

Ko‘r-kar-soqovlik kombinatsiyasi - H90.3 + H54.0

Ko‘r-kar-soqovlik kombinatsiyasi - H90.3 + H54.0

Bu nima:

Ko‘r-kar-soqovlik bu eshitish qobiliyatining og‘ir darajada buzilishi (ikki tomonlama neyrosensor eshitish qobiliyatini yo‘qotish, H90.3) va ko‘rish qobiliyatining og‘ir darajada buzilishi (ikkala ko‘zning ko‘rligi, H54.0) kombinatsiyasidir.

Bola deyarli eshitmaydi va deyarli ko‘rmaydi, shuning uchun nutq rivojlanmaydi.

Asosiy belgilari:

Hayotning dastlabki yillarida quyidagilarni kuzatiladi:

- baland tovushlar va ovozga reaksiyasi yo‘q yoki juda zaif;

- bola yorug‘likka, yorqin o‘yinchoqlarga, odamlarga deyarli reaksiya bildirmaydi;

- g‘uvullash va g‘uldirash kam kuzatiladi yoki tez yo‘qoladi;

- 1-2 yoshga kelib tushunarli so‘zlar yo‘q, bola muloqot uchun nutqdan foydalanmaydi;

- asosan teginish, hid, ta’m, tebranish orqali mo‘ljal oladi, tanish buyumlar va odamlarga yopishib oladi.

Ehtimoliy sabablari:

Eng ko‘p uchraydigan sabablar:

- eshitish va ko‘rishga bir vaqtda ta’sir qiluvchi genetik sindromlar;;

- homiladorlik davrida o‘tkazilgan og‘ir infeksiyalar (sitomegalovirus, qizamiq va boshqalar);

- og‘ir gipoksiya, tug‘ilganda tana vazn yengilligi, erta tug‘ilgan chaqaloqlarda miya shikastlanishi;

- erta yoshda boshdan kechirilgan meningit, ensefalit va boshqa markaziy asab tizimi kasalliklari;

- ayrim hollarda — jarohatlar hamda ototoksik va neyrotoksik ta’sirlarning kombinatsiyasi.

Ko‘rlik va karliq bir vaqtda yoki ketma-ket rivojlanishi mumkin (masalan, bola avval kar bo‘ladi, keyin ko‘rish qobiliyati pasayadi).

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:

Jiddiy shubhalar ko‘pincha hayotning birinchi yilida paydo bo‘ladi, agar:

- na tovushga, na ko‘rish stimullariga barqaror reaksiya bo‘lmasa;

- nutq va umumiy rivojlanishda sezilarli kechikish kuzatilsa.

Faol kuzatuv (neonatolog, oftalmolog, surdolog, nevrolog) tostida
tashxis odatda 6–12 oyda aniqlashtiriladi.

Erta skrining o‘tkazilmasa, kasallik kechroq - 1,5 - 3 yoshda aniqlanishi mumkin.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

Samarali yordam — bu bitta shifokor yoki bitta usul emas, balki  kompleks reabilitatsiya tizimidir:

Ko‘p tarmoqli jamoa: surdolog, oftalmolog, nevrolog/pediatr, genetik, surdotiflopedagog, psixolog.

Saqlanib qolgan imkoniyatlarni baholash: qoldiq ko‘rish, qoldiq eshitish, taktil sezuvchanlik, kognitiv salohiyatar.

Muloqotning maxsus usullari:

- taktil va predmetli til, taktil imo-ishoralar;

- eshitish qobiliyati qolgan bo‘lsa — eshitish apparatlari yoki koxlear implantatsiya va “eshitishni o‘rganish” mashg‘ulotlari;

ko‘rish qobiliyati qolgan bo‘lsa —  yirik kontrastli obyektlar, maxsus qo‘llanmalar.

Erta pedagogik yordam: fazoda mo‘ljal olishni/yo‘nalishni o‘rgatish, qo‘llar, buyumlar, mashqlar orqali muqobil "nutq"ni shakllantirish.

Oilaning faol ishtiroki: yagona muloqot uslubi, takrorlanuvchi taktil signallar, aniq rejim, ruhiy qo‘llab-quvvatlash.

Eslab qolish muhim!

Ko‘r-kar-soqovlik rivojlanishni istisno qilmaydi — bola his qilish, fikrlash, o‘rganish qobiliyatiga ega, ammo unga boshqa axborot kanallari kerak.

Qanchalik erta maxsus yordam boshlansa, bolada muloqot, mustaqillik va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Ota-onalar bu jarayonda yolg‘iz emas — mutaxassislar jamoasi, reabilitatsiya dasturlari va ko‘r-kar-soqovlik bolalarni tarbiyalayotgan oilalar jamoalari/birlashmasa muhim ahamiyatga ega.

Malakali maslahatlar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarida logopedlar va psixonevrologlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Pedagogik ishlar 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ta’lim muassasalari) «G‘amxo‘rlik» guruhlarida olib boriladi.