Disxondroplaziya — Q78.4
Disxondroplaziya — Q78.4
Bu nima:
Disxondroplaziya yoki Olye kasalligi — bu kam
uchraydigan tug‘ma suyak tizimi kasalligi bo‘lib, unda tog‘ay to‘qimasining bir
qismi odatdagidek suyakka aylanmaydi.
Natijada suyaklar ichida tog‘ay o‘choqlari
saqlanib qoladi (ular enxondromalar deb ataladi). Bola o‘sib ulg‘aygani sari bu
joylar suyakning shakli va uzunligini buzib, deformatsiyaga olib kelishi
mumkin.
Muhim:
- kasallik intellekt bilan
bog‘liq emas — aqliy rivojlanish odatda saqlangan;
- bu o‘sma ham, infeksiya ham
emas;
- kasallik jarohatlar emas, balki
suyak o‘sishidagi buzilishlar guruhiga kiradi.
Asosiy
belgilari:
Belgilar qaysi suyaklar zararlanganiga va
o‘zgarishlar darajasiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha quyidagilar kuzatiladi:
- tana assimetriyasi (bir qo‘l
yoki oyoq ikkinchisidan qisqaroq bo‘lishi);
- qo‘l-oyoqlardagi suyaklarning
qiyshayishi yoki qalinlashishi;
- yurishda
oqsoqlanish;
- qo‘l yoki oyoq barmoqlarining
deformatsiyasi;
- ayrim bo‘g‘imlarda harakat
cheklanishi;
- patologik sinishlarga moyillik
(suyaklar odatdagidan osonroq sinadi).
Muhim jihatlar:
- odatda og‘riq bo‘lmaydi, agar
sinish yoki asoratlar bo‘lmasa;
- gavda va ichki a’zolar, qoida
tariqasida, zararlanmaydi;
- kasallik ko‘pincha tananing bir
tomonini ko‘proq qamrab oladi.
Ehtimoliy
sabablar:
Olye
kasalligining aniq sababi to‘liq aniqlanmagan, ammo quyidagilar ma’lum:
- kasallik erta rivojlanish
bosqichlarida yuzaga keladigan genetik (somatik) mutatsiyalar bilan
bog‘liq;
- bu mutatsiyalar tog‘ayning
suyakka aylanish jarayonini — enxondral suyaklanishni buzadi;
- ko‘pincha kasallik irsiy tarzda
o‘tmaydi va tasodifan paydo bo‘ladi;
- tashqi omillar (jarohatlar,
infeksiyalar, ovqatlanish) asosiy sabab hisoblanmaydi.
Qaysi
yoshda tashxis qo‘yiladi?
- o‘zgarishlar tug‘ilgandan
boshlab mavjud bo‘lishi mumkin;
- ammo ko‘pincha kasallik 2
yoshdan 10 yoshgacha aniqlanadi;
- ayniqsa bola faol yurib, tez
o‘sishni boshlaganda belgilar yaqqol ko‘rinadi.
Tashxis odatda quyidagilarga asoslanadi:
- ortoped
shifokor ko‘rigi;
- rentgenologik
tekshiruvlar.
Bolani
qo‘llab-quvvatlash:
Disxondroplaziya — surunkali holat, ammo
to‘g‘ri tibbiy va ijtimoiy hamrohlik bilan bola faol va to‘laqonli hayot
kechirishi mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
- bolalar ortopedi tomonidan
muntazam kuzatuv;
- suyaklarning o‘sishi va
holatini nazorat qilish;
- davolovchi jismoniy mashqlar va
yengil jismoniy faollik;
- ko‘rsatmalarga ko‘ra ortopedik
poyabzal yoki moslamalar;
- zarurat bo‘lsa —
deformatsiyalarni jarrohlik yo‘li bilan tuzatish;
- bola va oila uchun psixologik
yordam;
- ta’lim va kundalik hayot
sharoitlarini moslashtiris
Eslab
qolish muhim
- disxondroplaziya — bu
rivojlanishning o‘ziga xosligi, “hukm” emas;
- bolaning intellekti va
qobiliyatlari odatda yosh me’yoriga mos keladi;
- erta kuzatuv asoratlarning
oldini olishga yordam beradi;
- bola uchun cheklovlardan ko‘ra qabul
qilish, qo‘llab-quvvatlash va hurmat muhimroq;
- to‘g‘ri ta’limiy va ijtimoiy
muhit bola imkoniyatlarini ochib berishga yordam beradi, uni “tashxis
bilan yashash”ga majbur qilmaydi.
-Malakali
maslahat yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida
ortoped-travmatologlar tomonidan ko‘rsatiladi.
-
Reabilitatsiya yordami ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim
tashkilotlari) 2 yoshdan, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
inklyuziv guruhlarida 3 yoshdan va umumta’lim muassasalarining inklyuziv
sinflarida, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida 7 yoshdan boshlab
amalga oshiriladi.
-
Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilgan holda
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish lozim.