Bolalar autizmi - F84.0
Bolalar autizmi - F84.0
Bu nima:
Bolalik autizmi — bu asab
tizimi rivojlanishining buzilishi bo‘lib, u erta bolalik davrida namoyon
bo‘ladi va muloqot, ijtimoiy o‘zaro ta’sirda qiyinchiliklar,
shuningdek takrorlanuvchi harakatlarga moyillik bilan
ifodalanadi. Bugungi
kunda ushbu holat autistik spektr buzilishlari (ASB) toifasiga
kiradi. ASB turli shakllarda — yengil darajadan tortib og‘ir
darajagacha namoyon bo‘lishi mumkin. ASB doirasidagi farqlar odamlar
o‘rtasida tashxis nomi bilan emas, balki qo‘llab-quvvatlash
darajasi, nutq rivoji va intellektual rivojlanish
darajasi bilan tavsiflanadi.
Asosiy
belgilar:
Autizm erta bolalik davrida namoyon bo‘ladi va
muloqot, odamlar bilan o‘zaro munosabat hamda xulq-atvorga ta’sir qiladi. Belgilar yengil yoki yaqqol bo‘lishi
mumkin — har bir bolada ular turlicha namoyon bo‘ladi. Autizmni aniqlashda
quyidagi belgilar ro‘yxati yordam berishi mumkin:
1.
Ijtimoiy muloqotdagi buzilishlar
- muloqot va o‘zaro aloqaga
qiziqishning pastligi;
- murojaat qilingan nutqni
tushunishda qiyinchiliklar;
- fikrlarini
ifodalashda qiyinchiliklar;
- kamdan-kam ko‘z bilan aloqa
qilish, ismiga javob bermaslik;
- yolg‘iz o‘yinlarni afzal
ko‘rish, boshqalarning hissiyotlarini sust tushunish.
2.
Takrorlanuvchi xatti-harakatlar va cheklangan qiziqishlar
- stereotip harakatlar
(tebranish, aylana bo‘ylab yugurish);
- tartib-qoidalarga haddan
tashqari bog‘lanish, o‘zgarishlarga qarshilik;
- qiziqishlarning
tor doirasi;
- tovush, yorug‘lik, hid va
teginishlarga noodatiy reaksiyalar.
3. O‘yin xususiyatlari
- tasavvuriy yoki rolli
o‘yinlardan foydalanmaslik;
- o‘yinchoqlarni bir qatorga
terish, noodatiy tarzda ishlatish;
- bir xil mashg‘ulotlarga
moyillik.
4. Emotsional soha
- hissiyotlarni ifodalash va
tushunishda qiyinchiliklar;
- oddiy
vaziyatlarga kutilmagan reaksiyalar;
- boshqa odamlarning
hissiyotlarini tanib olishda qiyinchilik.
Mumkin bo‘lgan sabablar:
Autizmning aniq sabablari hozircha
noma’lum. Bugungi kunda olimlar autistik spektr buzilishlari (ASB) miya
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi genetik xususiyatlar va atrof-muhit omillari
kombinatsiyasi natijasida yuzaga keladi, deb hisoblaydi.
1. Genetik omillar
- irsiy
moyillik;
- ASB xavfi bilan bog‘liq 100 dan
ortiq genlar aniqlangan;
- asab tizimi faoliyati va miya
rivojlanishidagi o‘zgarishlar.
2. Homiladorlik va tug‘ruq omillari
- infeksiyalar,
toksikoz, murakkab homiladorlik;
- ota-onaning kech yoshda
bo‘lishi;
- muddatidan oldin tug‘ilish,
asfiksiya, tug‘ruq jarohatlari.
3. Erta rivojlanish omillari
- hayotning
dastlabki yillarida neyroinfeksiyalar;
- toksinlar
ta’siri;
- og‘ir
virusli kasalliklar;
- autoimmun
jarayonlar.
4. Psixologik va muhit omillari
- kuchli kechinmalar va stress
autizm belgilarini kuchaytirishi mumkin, ammo autizmning sababi emas;
- yomon ekologiya xavflarni
oshirishi mumkin.
1 yoshgacha - ko‘rsatish ishorasining yo‘qligi, ko‘z bilan aloqa qilmaslik, tovush va harakatlarni taqlid qilmaslik.
1–2 yosh - so‘zlarning yo‘qligi, ismiga javob bermaslik,
oddiy iltimoslarni tushunmaslik.
2–3 yosh - oddiy
iboralarning yo‘qligi, ilgari o‘zlashtirilgan so‘zlarning yo‘qolishi, tengdosh
bolalarga qiziqmaslik.
4–5 yosh - ikki
bosqichli ko‘rsatmalarni bajarishda qiyinchilik, “men/sen” olmoshlarini
noto‘g‘ri ishlatish, fantaziya va reallikni aralashtirib yuborish.
Bolaga
qanday yordam berish mumkin:
ASB kasallik emas va an’anaviy usullar bilan
“davolanmaydi”. Biroq erta tashxis va to‘g‘ri
tashkil etilgan pedagogik hamda oilaviy qo‘llab-quvvatlash bolaning hayot
sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
1. Oilaviy qo‘llab-quvvatlash
- uyda tinch va oldindan bashorat
qilinadigan muhit;
- ota-onalarni bola bilan to‘g‘ri
muloqot qilishga o‘rgatish;
- logoped, psixolog, defektolog
va boshqa mutaxassislarga murojaat qilish imkoniyati.
2. Zamonaviy yordam usullari
- xulq-atvor
va rivojlantiruvchi terapiya (ABA, ESDM, DIR/Floortime):
muloqot, o‘z-o‘ziga xizmat va xulq ko‘nikmalarini shakllantiradi; - sensor integratsiya: tovush,
yorug‘lik va teginishga sezuvchanlikni kamaytiradi;
- texnologiyalar: o‘rgatuvchi
ilovalar, VR-usullar, robotlar;
- dori vositalari: faqat xavotir,
kuchli bezovtalik va uyqu buzilishlarida — shifokor tavsiyasi bilan;
- ta’limiy qo‘llab-quvvatlash:
maktab muhitini moslashtirish, vizual jadval va maxsus o‘qitish usullari.
Muhim
eslatma!
Bir yoki bir nechta belgi autizm
borligini anglatmaydi. Agar
bir nechta alomatlarni sezsangiz — mutaxassisga murojaat qiling. Autizm — bu ko‘plab omillar ta’siri natijasi, bitta
sababga bog‘liq emas. Emlash
autizmni keltirib chiqarmaydi — bu ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.
Malakali maslahatlar yashash joyi
bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yurituvchi bolalar
psixonevrologlari tomonidan ko‘rsatiladi.