To‘liq ko‘rlik (amavroz) — H54
To‘liq ko‘rlik (amavroz) — H54
Bu nima:
Bolaning to‘liq ko‘rligi (amavroz) — bu ko‘zdan kelayotgan tasvirning miyaga deyarli yoki umuman uzatilmaydigan holatidir. Bunday holatda bola buyumlarni, harakatlarni, ko‘pincha hatto yorug‘likni ham ko‘ra olmaydi. XKT-10 tasnifiga ko‘ra, bu holat H54 guruhiga (ko‘rlik va ko‘rish qobiliyatining pasayishi) kiradi. Amavrozda ko‘rish qobiliyati shunchalik pasayadiki, u bolaning mo‘ljal olishi va o‘rganish jarayonida yordam bera olmaydi.
Asosiy belgilari:
Chaqaloqda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:
·
nigohini onasining yuziga yoki o‘yinchoqqa qaratmaydi;
·
ko‘zlarning yorqin predmetni "kuzatish"
harakati yo‘q;
·
yorug‘likka juda sust yoki umuman javob bermaydi fonar,
deraza);
·
ko‘zlarining “adashib” harakatlanishi, doimiy
tebranishlar (nistagm) bo‘lishi mumkin;
·
bola ko‘rishdan ko‘ra eshitish va taktil sezgilarga
ko‘proq tayanadi.
Kattaroq
yoshdagi bolada kuzatiladigan belgilari:
·
odamlarni yuzidan tanimaydi, faqat ovoziga qarab
yo‘naladi;
·
tez-tez qoqilib ketadi, buyumlarga uriladi, notanish
joylarda yurishdan qo‘rqadi;
·
stol ustidagi o‘yinchoqlarni ko‘zi bilan tanimaydi,
ularga faqat qo‘li bilan yetadi;
· faqat yorug‘lik yoki qorong‘ilikni, “dog‘lar”ni
ko‘rayotganini yoki umuman “hech narsa ko‘rmasligini” aytishi mumkin.
Agar ko‘rlik to‘r pardaning genetik
kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lsa, hayotning birinchi oylaridayoq nistagm,
vizual fiksatsiyaning yo‘qligi seziladi va oftalmolog ERG orqali to‘r parda
funksiyasining sezilarli pasayishini ko‘radi.
Ehtimoliy
sabablari:
·
to‘r parda (retina) tug‘ma genetik kasalliklari
(masalan, Leber amavrozi) yoki ko‘z hamda ko‘rish nervining rivojlanish
anomaliyalari;
·
tug‘ruq paytida og‘ir gipoksiya va jarohatlar, chala
tug‘ilgan chaqaloqlarda retinopatiya;
·
o‘z vaqtida operatsiya qilinmagan tug‘ma katarakta
yoki glaukoma;
·
bosh miya va ko‘rish yo‘llarining og‘ir yallig‘lanishi
yoki o‘smalari.
Ko‘plab hollarda hal qiluvchi omil — to‘r parda
(retina), ko‘rish nervi yoki miya oksipital loblarining erta shikastlanishidir.
Xavf omillari:
·
сhala tug‘ilish va
og‘ir retinopatiya;
·
еug‘ma katarakta
yoki glaukoma bo‘lganda, o‘z vaqtida amalga oshirilmagan jarrohlik sababli kech
tashrif.
Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:
Tug‘ma shakllarda shubha hayotning dastlabki
oylaridayoq paydo bo‘ladi, chunki bola atrofdagi dunyoga ko‘zlari bilan javob
bermaydi.
Yakuniy tashxis odatda oftalmolog tekshiruvidan
so‘ng, 1–2 yoshgacha aniqlanadi. Tekshiruvlarga yorug‘likka reaksiyani
baholash, ko‘z tubini ko‘zdan kechirish, ERG kiradi; zarurat bo‘lsa MRT va
genetik tekshiruvlar ham o‘tkaziladi.
Bolani qo‘llab-quvvatlash / Bolaga qanday yordam
berish mumkin
·
Imkon qadar erta bolalar oftalmologi ko‘rigiga
borish va to‘liq tekshiruvdan o‘tish;
·
Tuzatish mumkin bo‘lgan barcha kasalliklarni
(katarakta, glaukoma, yallig‘lanish, o‘smalar) davolash;
·
Defektolog yoki tiflopedagogni jalb qilish: bolani
mo‘ljal olish, o‘ziga xizmat ko‘rsatish va ko‘rish qobiliyatisiz muloqot
qilishga o‘rgatish;
·
Eshitish, sezish va nutqni rivojlantirish,
audiokitoblar, taktil o‘yinlardan foydalanish, keyinchalik Brayl alifbosini o‘rgatish;
·
Oilani psixologik qo‘llab-quvvatlash, nogironlikni
rasmiylashtirish, ko‘rish qobiliyati cheklangan bolalar uchun sharoit
yaratilgan bog‘cha va maktablarni topish.
Eslab qolish muhim!
Amavroz — bu og‘ir, lekin umidsiz holat emas.
Ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi mumkin, ammo bolaning aqli, qobiliyati va
kelajagi unga qanday yordam ko‘rsatilishiga bog‘liq. Ba’zi holatlarda (masalan,
katarakta yoki yallig‘lanishning bir qismi) vaqt juda cheklangan — davolanishni
kechiktirish natijani butunlay o‘zgartirishi mumkin. Ko‘zi ojiz bolalarda erta
reabilitatsiya va to‘g‘ri ta’lim orqali normal o‘qish, ishlash va mustaqil
yashash imkoniyati mavjud. Shu sababli bolani uyda yashirmaslik va yordamni
“keyinchalik”ga qoldirmaslik juda muhim. Ko‘rish holatini yakuniy baholash va
harakatlar rejasini har doim bolalar oftalmologi va ixtisoslashgan
mutaxassislar (tiflopedagoglar) belgilashi kerak.
- Yashash joyidagi
davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar
oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.
- Pedagogik yordam
(tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan
muassasalarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida
amalga oshiriladi.
- Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish
uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi. Komissiyadan
o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali amalga
oshiriladi.