Koloboma — Q13.0 / Q12.2 / Q10.3 / Q14.2 / Q14.8

Koloboma — Q13.0 / Q12.2 / Q10.3 / Q14.2 / Q14.8

Koloboma — Q13.0 / Q12.2 / Q10.3 / Q14.2 / Q14.8

Bu nima

Koloboma — bu ko‘z rivojlanishidagi tug‘ma (kam hollarda orttirilgan) nuqson bo‘lib, unda ko‘z tuzilmalaridan birining to‘qimasi qisman yetishmaydi. Ya’ni, ko‘z to‘liq shakllanmaydi.

Zararlangan qismga qarab quyidagi XKT-10 kodlari qo‘llanadi:

- Q13.0 — rangdor parda (iris) kolobomasi;

- Q12.2 — ko‘z gavhari kolobomasi;

- Q10.3 — qovoq kolobomasi;

- Q14.2 — ko‘ruv nervi diski kolobomasi;

- Q14.8 — ko‘zning orqa segmenti kolobomasi.

Koloboma ba’zan faqat tashqi o‘zgarish bilan cheklanadi, ayrim hollarda esa ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Bu nuqsonning joylashuvi va darajasiga bog‘liq.

Asosiy belgilari

Kasallik belgilari ko‘zning shikastlangan tuzilishiga bog‘liq.

Qovoq kolobomasi:

- qovoq chetida yoriq yoki chuqurcha;

- ko‘z to‘liq yopilmaydi;

- quruqlik, qizarish, yallig‘lanish.

Iris kolobomasi:

- qorachiq notekis shaklda (“tomchi” yoki “kalit teshigi”);

- yorug‘likka sezuvchanlik;

- ba’zan ko‘rish normal bo‘lishi mumkin.

Gavhar kolobomasi:

- linzaning deformatsiyasi;

- tasvirning buzilishi;

- ko‘rish pasayishi, katarakta rivojlanishi mumkin.

Retina / tomirli qavat / ko‘ruv nervi kolobomasi:

-ko‘rish maydonida “bo‘sh joy” yoki “qora dog‘”;

- o‘qishda qiyinchilik;

- markaziy zararlanishda ko‘rish keskin pasayadi.

Ehtimoliy sabablar

Ko‘pincha koloboma homiladorlik davrida rivojlanadi:

Ko‘pincha koloboma homiladorlik davrida shakllanadi:

- embrional yoriqchaning 4–7 haftada yopilmasligi;

- genetik mutatsiyalar;

- CHARGE, Patau kabi sindromlar;

Homilaga ta’sir qiluvchi omillar - infeksiyalar,  toksik moddalar, ayrim dori vositalari, radiatsiya.

Kam hollarda sabab — jarohat yoki operatsiya.

Keyinchalik hosil bo‘lgan kolobomalar kam uchraydi — og‘ir jarohat yoki ko‘z bo‘yicha operatsiyalardan keyin yuzaga keladi.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi

- tug‘ilgandan keyin — qovoq va iris kolobomasi;

- 1–3 yoshda — oftalmolog ko‘rigida;

- maktab yoshida — ko‘rish bilan bog‘liq shikoyatlar paydo bo‘lganda.

Bolani qo‘llab-quvvatlash

- muntazam ravishda bolalar oftalmologiga murojaat qilish;

- ko‘zoynak yoki kontakt linzalar yordamida korreksiya;

- ambliopiyani davolash;

- zarurat bo‘lsa — jarrohlik yoki lazer muolajalari;

- bog‘cha va maktabda mos sharoit yaratish (yorug‘lik, o‘tirish joyi, kontrastli materiallar).

Muhim eslatmalar!

Koloboma har doim ham hukm bo‘lavermaydi: ko‘plab bolalar tuzatishdan so‘ng oddiy hayot kechiradilar, o‘qiydilar va sport bilan shug‘ullanadilar.

Eng muhimi, bu "o‘sib ketishini" kutmaslik kerak: ko‘rish qobiliyati taxminan 7-8 yoshgacha faol shakllanadi, keyinchalik esa boy berilgan narsalarni qo‘lga kiritish ancha qiyin bo‘ladi.

Asoratlar (to‘r pardaning ko‘chishi, glaukoma, ambliopiya) xavfi mavjud, shuning uchun oftalmologda uzoq va muntazam nazorat qilish kerak, hatto shikoyatlarsiz ham.

Malakali yordam yashash joyidagi bolalar oftalmologlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi.

Muassasalarga joylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur. Buning uchun “Inson” ijtimoiy markazlariga murojaat qilinadi.