IV darajali og‘ir eshitish zaifligi - H90.3
IV darajali og‘ir eshitish zaifligi - H90.3
Bu nima:
H90.3 — ikki tomonlama neyrosensor eshitish qobiliyati
yo‘qotilishi bo‘lib,
bunda muammo quloqdagi oddiy “o‘tish yo‘li”da emas, balki eshitish tizimining
o‘zida — ichki quloq, eshitish nervi
yoki miyaning eshitish markazlarida bo‘ladi.
IV daraja (og‘ir yoki chuqur) eshitish pasayishi — bu eshitish
chegarasi taxminan 71–90 dB
bo‘lgan holatdir. Bunda bola oddiy nutqni deyarli eshitmaydi, hatto yonida
gapirilganda ham; faqat juda baland tovushlar (quloq yonida qichqiriq, sirena
ovozi, eshikning qattiq yopilishi)ni sezishi mumkin.
Asosiy belgilari:
Og‘ir
darajadagi eshitish pasayishiga ega bolalarda odatda quyidagi holatlar
kuzatiladi:
- Gapirayotgan odamni ko‘rmasa, ismi bilan chaqirilganda javob
bermaydi.
- Doim gapirayotgan kishiga yaqinlashadi, lablariga qaraydi va
tez-tez qayta so‘raydi.
- Nutqi kech rivojlanadi: so‘zlar kam bo‘ladi, gaplar tengdoshlariga
nisbatan kech paydo bo‘ladi, nutqi noaniq, bo‘g‘inlarni “yutib yuboradi”.
- Televizor yoki planshetni juda baland ovozda qo‘yadi, o‘zi ham
boshqalarga nisbatan balandroq gapiradi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda - baland
tovushlarga reaksiyaning yo‘qligi, g‘o‘ldirashning yo‘qligi yoki uning so‘z
boyligining kambag‘alligi kuzatiladi.
Ehtimoliy sabablari:
Sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin va har
doim ham bitta aniq sababni topish imkoni bo‘lavermaydi.
Tug‘ma:
·
eshitish
qobiliyati pasayishining genetik shakllari, jumladan turli sindromlar
tarkibida.
·
homiladorlik
davrida onada bo‘lgan infeksiyalar (qizamiq, sitomegalovirus va boshqalar).
·
homilaning
og‘ir gipoksiyasi, tug‘ilganda juda past tana vazni, asoratli tug‘ruq.
Orttirilgan:
·
og‘ir
infeksiyalar (meningit, svinka, qizamiq va boshqalar).
·
ototoksik
dorilar (eshitishga zarar yetkazuvchi dori vositalari).
·
bosh
jarohatlari, kuchli akustik ta’sir, ichki quloq qon ta’minotining buzilishi.
Umumiy tamoyil: ichki quloqning
tukli hujayralari va/yoki eshitish nervi shikastlangan - ular endi tovushni
miyaga kerakli tarzda uzatmaydi.
Qaysi yoshda
tashxis qo‘yiladi:
Yaxshi ishlaydigan skrining tizimi
mavjud bo‘lsa (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va milliy dasturlar
tavsiyasiga ko‘ra):
- Eshitish
qobiliyatini tug‘ruqxonadayoq tekshirish mumkin;
- og‘ir
ikki tomonlama eshitish zaifligi tashxisi 2-3 oyga kelib tasdiqlanadi;
- reabilitatsiya
(qurilmalar, implantlar, mashg‘ulotlar) hayotning 6 oyigacha boshlanadi.
- Skrining
yetarli darajada ishlamagan joylarda shubha keyinroq paydo bo‘ladi 1,5–3
yoshda paydo bo‘ladi, nutq kechikishi va tovushga “g‘alati” reaksiyalar
seziladi.
Bolani qo‘llab-quvvatlash:
Bolaga mutaxassislar jamoasi
kerak: surdolog, LOR shifokor, pediatr va/yoki nevrolog eshitish holatini va
davolash jarayonini muntazam nazorat qilib boradi. Bolaga eshitish moslamasi
yoki koxlear implant qanchalik erta berilsa, uning normal nutqga ega bo‘lish
imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Eslab qolish muhim!
IV darajali eshitish zaifligi jiddiy
holat, ammo yordam erta boshlangan bo‘lsa, bola gapirishi va o‘qishi mumkin.
6 oygacha - oltin davr: qurilmalar/implantlar va mashg‘ulotlar qanchalik erta bo‘lsa, nutq shunchalik yaxshi rivojlanadi.
- Malakali maslahatlar yashash joyi bo‘yicha
davolash-profilaktika muassasalarida bolalar psixonevrologlari va logopedlar
tomonidan ko‘rsatiladi.
- Pedagogik ishlar 2 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 7 yoshdan esa ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarida olib boriladi.
- Yuqorida ko‘rsatilgan muassasalarga
rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun “Inson” ijtimoiy markazlariga
murojaat qilib, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan (PTPK) o‘tish zarur.