Mikrokornea — Q13.1
Mikrokornea — Q13.1
Bu nima:
Mikrokornea — tug‘ma anomaliya bo‘lib, unda ko‘zning oldingi shaffof
qismi — shox parda (rogovitsa) me’yoridan sezilarli darajada kichik bo‘ladi.
·
Bolalarda shox pardaning me’yoriy diametri odatda
11–12 mm ni tashkil etadi.
·
Mikrokorneada esa diametri 10 mm yoki undan kam
bo‘ladi, ayrim holatlarda ancha kichraygan bo‘lishi mumkin.
Mikrokornea quyidagi ko‘rinishlarda uchrashi mumkin:
·
Izolyatsiyalangan shakl — ko‘z olmasi
normal o‘lchamda bo‘lib, faqat shox parda kichik bo‘ladi;
·
Mikroftalm tarkibida — butun ko‘z
olmasi kichraygan bo‘ladi.
XKT-10 tasnifiga ko‘ra, mikrokornea ko‘zning oldingi segmenti tug‘ma
anomaliyalariga kiradi va Q13.1 kodi bilan
belgilanadi.
Asosiy
belgilari:
Ota-onalar
payqashi mumkin bo‘lgan belgilar:
·
Ko‘zlar biroz “kichik” yoki “tor” ko‘rinadi, ba’zan
yuz assimetriyasi seziladi;
·
Bola ko‘zlarini qisadi, buyumlarni juda yaqin olib
keladi, tez-tez adashadi;
·
Gapira oladigan yoshdagi bolalar xiralashgan ko‘rish,
“tuman” yoki ko‘zning tez charchashi haqida shikoyat qilishlari mumkin;
·
Ko‘pincha uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik (giperopiya),
g‘ilaylik, ba’zan nistagm kuzatiladi.
Oftalmolog
ko‘rigida aniqlanadigan holatlar:
·
Shox parda diametrining me’yoridan kichikligi;
·
Ko‘pincha hamroh bo‘ladigan anomaliyalar: kolobomalar,
shox parda yoki gavhar (linza) xiralashuvi, oldingi kamera burchagining tor
yoki yopiq bo‘lishi;
·
Glaukoma (ko‘z ichki bosimining oshishi) va ikkilamchi
katarakta rivojlanish xavfining yuqoriligi.
Mumkin bo‘lgan sabablari
Mikrokornea deyarli
har doim homiladorlik davridayoq shakllanadi:
Genetik omillar:
·
Irsiylik (autosom-dominant yoki autosom-retsessiv);
·
Ayrim sindromlarning tarkibiy qismi sifatida:
Ehlers–Danlos, Marfan, Riger, Norri sindromlari, shuningdek ayrim xromosoma
anomaliyalari va boshqalar.
·
Ichki bachadon infeksiyalari (qizamiqcha,
toksoplazmoz, sitomegalovirus, gerpes va boshqalar);
·
Alkogol, giyohvand moddalar, ayrim dori vositalari,
kimyoviy moddalar va radiatsiya ta’siri.
Kam
hollarda mikrokornea ikkilamchi tarzda — og‘ir kasallik yoki
jarohatdan keyin ko‘zning atrofiyasi yoki subatrofiyasi fonida rivojlanishi
mumkin.
Qaysi yoshda ko‘proq tashxis qo‘yiladi:
·
Tug‘ilganda yoki hayotning birinchi yilida —
neonatolog va bolalar oftalmologi ko‘rigida aniqlanadi.
·
Yengil shakllari esa 3–6 yoshda, bola ilk bor ko‘rish
tekshiruvidan o‘tkazilganda yoki ko‘zoynak tanlash jarayonida aniqlanishi
mumkin.
Bolani qo‘llab-quvvatlash / Bolaga qanday yordam berish mumkin:
·
Bolani muntazam ravishda bolalar oftalmologi
ko‘rigidan o‘tkazish va ko‘z ichki bosimini nazorat qilish;
·
To‘g‘ri tanlangan ko‘zoynak yoki linzalardan
foydalanish, belgilangan apparat davolash muolajalarini bajarish;
·
Asoratlar (glaukoma, katarakta va boshqalar)
rivojlanganda jarrohlikni kechiktirmaslik;
·
Bola bilan muntazam ravishda ko‘rish mashqlarini (ko‘z
gimnastikasi) bajarish;
·
Uy sharoitida ko‘zlarni asrash, ko‘rish o‘yinlarini
qisqa va me’yorida tashkil etish, ortiqcha zo‘riqtirmaslik;
·
Bog‘cha yoki maktabda bolani doskaga yaqin
joylashtirish, pedagogni bolaning ko‘rish xususiyatlari haqida xabardor qilish.
Muhim eslatmalar:
·
Mikrokornea — hukm emas va har doim
ko‘rlikka olib kelmaydi. Erta aniqlash va to‘g‘ri davolash bilan ko‘plab
bolalar yaxshi ko‘ra oladi, oddiy maktablarda o‘qiydi va faol hayot kechiradi.
·
Asosiy xavf — glaukoma va boshqa
asoratlar. Ular uzoq vaqt og‘riqsiz kechib, sekin-asta
ko‘rishni yomonlashtirishi mumkin. Shu
sababli oftalmolog nazorati majburiy.
·
O‘zbilarmoncha tomchilar va xalqona
usullar qat’iyan mumkin emas. Faqat shifokor belgilagan davolash sxemalariga amal
qilish kerak.
·
Ikkinchi ko‘zni asrash juda muhim: sport bilan
shug‘ullanganda himoya vositalaridan foydalanish, har qanday ko‘z muammosini
o‘z vaqtida davolash.
Oila va shifokor qanchalik erta va hamjihatlikda harakat qilsa, bolaning
ko‘rishini saqlab qolish, o‘ziga ishongan, faol va mustaqil bo‘lib ulg‘ayish
imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
- Yashash joyidagi
davolash-profilaktika muassasalarida malakali
bolalar oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.
- Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan
mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda —
maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
- Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish
uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi. Komissiyadan
o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali
amalga oshiriladi.