Koxlear implantatsiyadan keyingi - H90.3

Koxlear implantatsiyadan keyingi - H90.3

Koxlear implantatsiyadan keyingi - H90.3

Bu nima:

H90.3 tashxisi qo‘yilgan bola - bu koxlear implant (KI) o‘rnatilgan ikki tomonlama og‘ir eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bola. Quloq hali ham sog‘lom eshituvchi kabi ishlamaydi, lekin:

  • protsessordagi mikrofon tovushni qabul qiladi,
  • protsessor uni elektr signallariga aylantiradi,
  • chig‘anoq ichidagi elektrodlar bu signallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish nerviga uzatadi,
  • miya bu signallarni tushunishni o‘rganadi.

Ya’ni KI - bu "sehrli quloq" emas, balki miyaga olib boradigan boshqa aylanma yo‘ldir.

Asosiy belgilari:

KI ulanganidan keyin bola:

  • dastlab tovushga shunchaki javob beradi: seskanib ketadi, qotib qoladi, ko‘zlari bilan shovqin qayerdan kelayotganini qidiradi;
  • keyin asta-sekin boshini ovozga burishni boshlaydi, «sekin–baland», «bir ovoz–ko‘p ovoz»ni ajrata oladi;
  • keyinchalik tanish tovushlarni taniydi: eshik yopilishi, multfilm yoqililishi, ko‘chadagi mashina, onaning ovozi;
  • tovushlarni takrorlashni boshlaydi, bo‘laklarga o‘xshash tovushlarni taqlid qiladi, keyin birinchi ongli so‘zlar paydo bo‘ladi.
  • mutaxassislar eshitish xulq-atvori deb ataydigan narsa shakllanadi:
    bola nafaqat eshitadi, balki tushunadi va xulqini o‘zgartiradi -
    qo‘ng‘iroqqa otlanadi, sirena ovoziga «nima bo‘ldi?» deb so‘raydi, o‘z ismini eshitib boshini buradi.

Bu asosiy belgi: tovush bola uchun shunchaki fon emas, balki ma’noga aylandi.

Ehtimoliy sabablari:

Odatda KI quyidagi hollarda o‘rnatiladi:

  • chuqur ikki tomonlama eshitish qobiliyatini yo‘qotish (karlik yoki deyarli karlik);
  • oddiy eshitish vositalari to‘g‘ri tanlangan va sozlangan bo‘lsa-da, bola nutqni eshitmaydi va tushunmaydi;
  • shu bilan birga, eshitish nervi tirik bo‘lib, miyya tovush bilan ishlashni o‘rganish imkoniga ega.

Karlikning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin:

·       tug‘ma patologiya;

·       homiladorlik va tug‘ruq asoratlari;

·       meningit;

·       og‘ir infeksiyalar;

·       ototoksik dorilar.

Ammo oxir-oqibat barchasi bir narsaga kelib taqaladi: ulitkadagi retseptorlar ishlamaydi va KI ularni o‘rnini bosadi.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:

Bugungi kunda eshitish qobiliyatini yo‘qotishni juda erta aniqlashga harakat qilinmoqda:

  • tug‘ruqxonada eshitish skriningi → hayotning birinchi haftalarida ilk shubhalar paydo bo‘ladi.
  • 6-12 yoshgacha tashxis aniqlanadi (ABR, tonal audiometriya va boshqalar);
  • KI ko‘pincha 9-18 oylikda, ba’zan 2-3 yoshgacha va undan keyin ham qo‘yiladi.

Bola qancha erta tashxis olsa, implantatsiya qilinsa, reabilitatsiyaga yotqizilsa, shuncha uning gapirish va eshituvchi tengdoshlari darajasida o‘rganish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

KI operatsiyasi — faqat boshlanishi. Asosiysi — yillik reabilitatsiya.

Eng muhim narsalar:

1. Protsessorni doimiy taqib yurish;

o   faqat bayramlarda emas, balki butun kun davomida, ko‘zoynak kabi.

o   Agar ovoz bo‘lmasa → miyya o‘rganmaydi → implant rivojlanmaydi.

2.     Doimiy sozlash (mapping)

o   audiolog tovushning "aniqligi" va qulayligini oshiradi;

o   siz bolaning reaksiyasi haqida xabar berasiz: eshityapti/eshitmayapti, charchayapti, qo‘rqayapti.

3.     Surdopedagog va logoped bilan mashg‘ulotlar

o   eshitish idrokini rivojlantirish: "qarsakni eshitdim" dan gaplarni tushunishgacha;

o   tovushlarni, so‘zlarni, iboralarni takrorlash;

o   diqqat, xotira, motorika ustida ishlash.

4.     Nutq muhiti

o   bola bilan hamma joyda gaplashing: oshxonada, do‘konda, sayrda;

o   "qo‘llarimni yuvyapman," "kuchuk vovillayapti," "qo‘ng‘iroq chalindi" kabi harakatlarga izoh bering;

o   Atrofingizda faqat multfilmlar emas, jonli nutq bo‘lishiga harakat qiling.

5.     Ota-onaning roli

o   siz asosiy "eshitish murabbiyisiz": uyda o‘yinlar va mashqlarni takrorlang;

o   kichik muvaffaqiyatlarni kuzating va qayd eting;

o   KI markazi va pedagoglari bilan aloqada bo‘ling.

Eslab qolish muhim!

KI bolani «ertaga darrov eshitadigan» qilib qo‘ymaydi. Bu uzoq davom etadigan ta’limiy va neyropsixologik jarayondir. Bir xil implantga ega bo‘lgan ikki bola ham mutlaqo turlicha rivojlanishi mumkin — barchasi operatsiya o‘tkazilgan yoshga, qo‘shimcha tashxislarga, oilaning qo‘llab-quvvatlashiga va reabilitatsiya sifatiga bog‘liq. Hatto mukammal bajarilgan operatsiya ham, agar undan keyin reabilitatsiya bo‘lmasa, ko‘pincha boy berilgan imkoniyatga aylanadi.

Eng muhimi esa shuki: KI bola — bu loyiha emas, u oddiy bolaUnga nafaqat tovush, balki o‘yinlar, do‘stlar, mehr, qabul qilinish va mukammal bo‘lmaslik huquqi ham zarur.

- Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.

- Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

-  Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi. Komissiyadan o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali amalga oshiriladi.