Koxlear implantatsiyadan keyingi - H90.3

Koxlear implantatsiyadan keyingi - H90.3

Koxlear implantatsiyadan keyingi - H90.3

Bu nima

H90.3 tashxisi qo‘yilgan bola — bu ikki tomonlama og‘ir eshitish nuqsoniga ega bo‘lgan va koxlear implant (KI) o‘rnatilgan boladir. Quloq eshituvchi insonlarnikidek ishlamaydi, ammo:

- protsessordagi mikrofon tovushni qabul qiladi;

- protsessor uni elektr signallariga aylantiradi;

- chig‘anoq ichidagi elektrodlar bu signallarni bevosita eshitish nerviga uzatadi;

- miya ushbu signallarni tushunishni o‘rganadi.

Koxlear implant — bu “mo‘jizaviy quloq” emas, balki tovushni miyaga yetkazishning muqobil yo‘lidir.

Asosiy belgilari

KI ulanganidan so‘ng bola:

- dastlab tovushga oddiy reaksiya bildiradi: cho‘chiydi, jim bo‘lib qoladi, tovush manbasini izlaydi;

- asta-sekin ovozga boshini buradi, “sekin–baland”, “bitta–ko‘p” tovushlarni farqlay boshlaydi;

- keyinchalik tanish tovushlarni ajratadi: eshik yopilishi, multfilm ovozi, mashina shovqini, onaning ovozi;

- g‘uvillashni boshlaydi, bo‘g‘inlarga taqlid qiladi, keyin esa birinchi ongli so‘zlar paydo bo‘ladi;

- eshitish xulqi shakllanadi.

Bu shuni anglatadiki, bola:

- nafaqat eshitadi, balki tushunadi;

- tovushga mazmunli javob beradi;

- eshitganiga qarab xatti-harakatini o‘zgartiradi.

Asosiy belgi — tovush bola uchun ma’noga ega bo‘la boshlaydi.

Ehtimoliy sabablari

Koxlear implant quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

- chuqur ikki tomonlama eshitish yo‘qotilishi mavjud bo‘lsa;

- eshitish apparatlari to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa-da, yetarli samara bermasa;

- eshitish nervi saqlangan bo‘lsa.

Eshitish yo‘qotilishining sabablari - tug‘ma nuqsonlar, homiladorlik va tug‘ruqdagi asoratlar, meningit, og‘ir infeksiyalar, ototoksik dorilar ta’siri.

Asosiy muammo — chig‘anoqdagi retseptorlarning ishlamasligi, ularning vazifasini KI bajaradi.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi

Hozirda eshitish muammolari erta aniqlanadi:

- tug‘ruqxonada skrining o‘tkaziladi;

- dastlabki gumonlar hayotning ilk haftalarida paydo bo‘lishi mumkin;

- 6–12 oyda tashxis aniqlashtiriladi (ABR, audiometriya va boshqalar);

- koxlear implantatsiya odatda 9–18 oyda amalga oshiriladi.

Bola qanchalik erta - tashxis olsa,  implantatsiya qilinsa, reabilitatsiya boshlansa, shunchalik uning rivojlanish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash

Koxlear implantatsiya — bu faqat boshlanish. Natija reabilitatsiyaga bog‘liq.

Muhim jihatlar:

1. Protsessorni doimiy taqish

Kun davomida muntazam foydalanish zarur.

Tovush bo‘lmasa — miya o‘rganmaydi.

2. Muntazam sozlash (mapping)

Mutaxassis tovush sifatini sozlaydi.

Ota-onalar bolaning reaksiyasini kuzatadi.

3. Mutaxassislar bilan mashg‘ulotlar

Surdopedagog va logoped - eshitishni rivojlantiradi, nutqni shakllantiradi, diqqat va xotirani rivojlantiradi.

4. Nutqiy muhit

Bola bilan doim muloqot qilish muhim:

- kundalik harakatlarni izohlash;

- suhbatlashish;

- tirik nutq muhitini yaratish.

5. Ota-onaning roli

- mashg‘ulotlarni uyda davom ettirish;

- rivojlanishni kuzatish;

- mutaxassislar bilan hamkorlik qilish.

Eslab qolish muhim!

Koxlear implant bolani darhol eshitadigan qilib qo‘ymaydi. Bu uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, natijasi operatsiyaning yoshi, sog‘lig‘i, oilasi va reabilitatsiyasiga bog‘liq.

Hatto reabilitatsiyasiz mukammal o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti ham boy berilgan imkoniyatdir.

Eng muhimi: Koxlear implantga ega bola - bu avvalo bola. Unga nafaqat tovushlar, balki o‘yin, muloqot, qo‘llab-quvvatlash, qabul qilish va nomukammal bo‘lish huquqi ham muhimdir.

Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.

Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi. Komissiyadan o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali amalga oshiriladi.