III darajali neyrosensor eshitish zaifligi (56-70 dB) - H90.3

III darajali neyrosensor eshitish zaifligi (56-70 dB) - H90.3

III darajali neyrosensor eshitish zaifligi (56-70 dB) - H90.3

Bu nima:

III darajali neyrosensor eshitish zaifligi - bu quloqdagi "naychalar" emas, balki eshitishning o‘zi bilan bog‘liq tizimda bo‘ladi: ichki quloq, eshitish nervi yoki miyaning eshitish markazlari zararlangan bo‘ladi.

 Asosiy belgilari:

Odatda ota-onalar "detsibellar"ni emas, balki bolaning xulq-atvorini payqashadi.

 Ogohlantiruvchi belgilar:

  • bola past tovushlarga, shovqinlarga, boshqa xonadan chaqirilganda o‘z ismine deyarli javob bermaydi.
  • faqat juda baland tovushlarga yoki yoniga yaqin kelishganda reaksiya bildiradi.
  • nutqi kechikadi: kam gapiradi, birinchi so‘zlarni kech aytadi, yaxshi takrorlamaydi;
  • tez-tez qayta so‘raydi, lab harakatlari va vaziyatga qarab “taxmin qilib” tushunishga harakat qiladi.
  • shovqin-suronda (bog‘cha, bayramlarda) umuman "o‘zini yo‘qotib qo‘yadi" va nutqni deyarli tushunmaydi.

Ehtimoliy sabablari:

Sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin va har bir bolada ularning kombinatsiyasi turlicha bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydiganlari:

Tug‘ma omillar:

·        eshitish bilan bog‘liq irsiy xususiyatlar (genetik sindromlar yoki alohida eshitish genlari).

·        homiladorlik davrida onadagi infeksiyalar (qizamiq va boshqalar);

·        og‘ir kechgan homiladorlik va tug‘ruq, gipoksiya, tug‘ilganda juda past tana vazni.

Orttirilgan omillar:

  • og‘ir infeksiyalar: meningit, svinka (parotit), qizamiq, ayrim virusli kasalliklar.
  • ototoksik dorilar;
  • bosh miya jarohatlari,

Ba’zi hollarda, barcha tekshiruvlarga qaramay, aniq sababni aniqlab bo‘lmaydi — bu holat normal va tez-tez uchraydi.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:

  • Ideal holatda qanday bo‘lishi kerak:
    • birinchi quloq skriningi — tug‘ruqxonada yoki hayotining 1-oyigacha.
    • aniqlashtiruvchi diagnostika - 3 oygacha;
    • reabilitatsiyaning boshlanishi (qurilmalar, mashg‘ulotlar) - 6 oygacha.

·        Amaliyotda, erta skrining bo‘lmasa:

    • shubhalar ko‘pincha 1,5-3 yoshda paydo bo‘ladi, bunda nutqning kechikishi va "bola eshitmayotgandek tuyulishi" seziladi.

Qanchalik erta III darajali neyrosensor eshitish qobiliyati zaifligi aniqlansa,
to‘g‘ri reabilitatsiya sharoitida bolaning nutqni tushunishi va tengdoshlari bilan birga rivojlanish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

Kutib o‘tirmasdan darhol LOR shifokor va surdologga, zarur bo‘lsa — nevrolog va genetik mutaxassisga murojaat qilish.

III darajada deyarli har doim ikkala quloq uchun eshitish qurilmalari kerak bo‘ladi. Agar ularning samarasi past bo‘lsa, otolaringologlar bilan kohlear implantatsiya masalasini muhokama qilish lozim.

Eshitish va nutqni rivojlantirish uchun surdopedagog va logoped bilan muntazam mashg‘ulotlar majburiy.

Uyda bola bilan yuzma-yuz turib, aniq va sokin ovozda gapirish; baqirmaslik. Mimika, imo-ishoralar va rasmlar bilan tushuntirish, uzoq davom etadigan baland shovqindan qochish.

Bolani ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muvaffaqiyatlarini maqtash va o‘ziga ishonchini mustahkamlash.

Eslab qolish muhim!

  •  Zamonaviy eshitish moslamalari va/yoki koxlear implantatsiya bilan H90.3 bo‘lgan bolalar oddiy maktablarda o‘qishlari, muloqot qilishlari va mustaqil bo‘lishlari mumkin.
  • Reabilitatsiya qanchalik erta boshlansa, bola shunchalik tez rivojlanadi.
  • Asosiy yordam — eshitish texnologiyalari va tizimli, uzluksiz reabilitatsiya

- Malakali maslahatlar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarida bolalar otorinolaringologlari, psixonevrologlar va logopedlar tomonidan ko‘rsatiladi.

- Pedagogik ishlar 2 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ta’lim muassasalari), shuningdek 3 yoshdan — maktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida, 7 yoshdan esa umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan va inklyuziv sinflarida olib boriladi.

- Yuqorida ko‘rsatilgan muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish maqsadida “Inson” ijtimoiy markazlariga murojaat qilib, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur.