Duduqlanish (o‘rta va og‘ir daraja) - F98.5
Duduqlanish (o‘rta va og‘ir daraja) - F98.5
Bu nima:
Bu nutq tezligi va ritmining
buzilishi, bunda bola:
- tovushlar,
bo‘g‘inlar, so‘zlarni tez-tez takrorlaydi;
- tovushda
"qotib qoladi" ("m-m-mashina"
"pa...pa...pa...aravoz");
- keskin
to‘xtaydi va "qoqiladi," go‘yo so‘zlar “chiqmay” qoladi.
Asosiy belgilari:
Nutqdagi xususiyatlar:
- tovushlar/so‘zlarni
tez-tez takrorlash, tovushlarni cho‘zish;
- so‘z
o‘rtasida to‘satdan to‘xtalishlar ("m...orojni,"
"shkola...la");
- zo‘riqish:
bola qizaradi, lablarini qimtiydi, peshonasini tirishtiradi, tovush
chiqaradi;
- o‘rtacha
shaklda duduqlanish bog‘da, maktabda, notanish odamlar bilan erkin
gaplashishga to‘sqinlik qiladi;
- og‘ir
shaklida bola umuman gapirmasligi, bir bo‘g‘inli javob berishi, so‘z
o‘rniga qo‘l silkitishi mumkin.
Qo‘shimcha belgilar:
- gapirishdan qo‘rqish, ayniqsa doska oldida javob
berishda, tanishuvda, telefonda gaplashganda;
- "hiylalar":
shivirlash, odatiy nutq o‘rniga qo‘shiq aytish, "qiyin"
so‘zlarni almashtirish;
- ba’zan
qo‘shimcha harakatlar - ko‘z qisish, yelka uchirish, silkinish.
Ehtimoliy sabablari:
Duduqlanish deyarli hech qachon
"birgina qo‘rquv tufayli" yuzaga kelmaydi. Ko‘pincha bir nechta omillar birga ta’sir qiladi:
- nasl
orqali (qarindoshlarida ham duduqlanish bo‘lgan);
- erta
yoshdan MNT buzilishi (og‘ir tug‘ruq);
- stress
va psixotravmalar (qo‘rquv, nizo, shart-sharoitlarning keskin o‘zgarishi);
- nutqiy
zo‘riqishlar (kattalarning tez gapirishi, erta o‘qish, birdaniga ikki
tilni o‘rganish).
Stress - bu ishga tushirish “ilmog‘i”,
yagona sabab emas.
Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:
Ko‘pincha duduqlanish 2-6 yoshda,
nutq faol rivojlanib, bola ko‘p gapira boshlaganda aniqlanadi.
Agar duduqlanish bir oydan ko‘proq
davom etsa, bu mutaxassisga murojaat qilish uchun signal, “o‘zi o‘tadi” deb
kutish tavsiya etilmaydi.
Bolani qo‘llab-quvvatlash:
- Bolalar
nevrologi, psixonevrologi, logoped-defektologi, zarur hollarda psixologga
murojaat qilish.
- Logoped
sekin, ravon gapirishga, to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatadi.
- Ota-onalarga:
xotirjamroq va sekinroq gapiring, bolaga gapini tugatishiga imkon bering.
- Kun
tartibini kuzatib boring: yaxshi uyqu, sayr qilish, kamroq gadjetlar va
stress.
Eslab qolish muhim!
- Duduqlanish - nutq apparati
(hiqildoq, til, lab) mushaklarining talvasali spazmlari natijasida yuzaga
keladigan nutq ritmi, sur’ati va ravonligining buzilishi.
- Duduqlanishning o‘rta va og‘ir
shakllari kamdan kam hollarda "o‘z-o‘zidan" o‘tib ketadi. Bola
bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni iloji boricha ertaroq boshlash
kerak.
- Malakali
maslahatlar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarida
psixonevrologlar va logopedlar tomonidan ko‘rsatiladi.
- Pedagogik
ishlar 3 yoshdan boshlab ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan, shuningdek
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida olib boriladi.
- Yuqorida
ko‘rsatilgan muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish maqsadida
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilib,
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur.