Duduqlanish (o‘rta va og‘ir daraja) - F98.5
Duduqlanish (o‘rta va og‘ir daraja) - F98.5
Bu nima:
Bu nutq tezligi va ritmining buzilishi, bunda bola:
Asosiy belgilari:
Nutqdagi xususiyatlar:
- tovushlar/so‘zlarni tez-tez takrorlash, tovushlarni cho‘zish;
- so‘z o‘rtasida to‘satdan to‘xtalishlar ("m...orojni," "shkola...la");
-zo‘riqish: bola qizaradi, lablarini qimtiydi, peshonasini tirishtiradi, tovush chiqaradi;
-o‘rtacha shaklda duduqlanish bog‘da, maktabda, notanish odamlar bilan erkin gaplashishga to‘sqinlik qiladi;
-og‘ir shaklida bola umuman gapirmasligi, bir bo‘g‘inli javob berishi, so‘z o‘rniga qo‘l silkitishi mumkin.
Qo‘shimcha belgilar:
-gapirishdan qo‘rqish, ayniqsa doska oldida javob berishda, tanishuvda, telefonda gaplashganda;
-"hiylalar": shivirlash, odatiy nutq o‘rniga qo‘shiq aytish, "qiyin" so‘zlarni almashtirish;
-ba’zan qo‘shimcha harakatlar - ko‘z qisish, yelka uchirish, silkinish.
Ehtimoliy sabablari:
Duduqlanish deyarli hech qachon "birgina qo‘rquv tufayli" yuzaga kelmaydi. Ko‘pincha bir nechta omillar birga ta’sir qiladi:
- nasl orqali (qarindoshlarida ham duduqlanish bo‘lgan);
- erta yoshdan MNT buzilishi (og‘ir tug‘ruq);
- stress va psixotravmalar (qo‘rquv, nizo, shart-sharoitlarning keskin o‘zgarishi);
- nutqiy zo‘riqishlar (kattalarning tez gapirishi, erta o‘qish, birdaniga ikki tilni o‘rganish).
Stress - bu ishga tushirish “ilmog‘i”, yagona sabab emas.
Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:
Ko‘pincha duduqlanish 2-6 yoshda, nutq faol rivojlanib, bola ko‘p gapira boshlaganda aniqlanadi.
Bolani qo‘llab-quvvatlash:
Bolalar nevrologi, psixonevrologi, logoped-defektologi, zarur hollarda psixologga murojaat qilish;
Logoped sekin, ravon gapirishga, to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatadi;
Ota-onalarga: xotirjamroq va sekinroq gapiring, bolaga gapini tugatishiga imkon bering;
Kun tartibini kuzatib boring: yaxshi uyqu, sayr qilish, kamroq gadjetlar va stress.
Eslab qolish muhim!
Duduqlanish - nutq apparati (hiqildoq, til, lab) mushaklarining talvasali spazmlari natijasida yuzaga keladigan nutq ritmi, sur’ati va ravonligining buzilishi.
Duduqlanishning o‘rta va og‘ir shakllari kamdan kam hollarda "o‘z-o‘zidan" o‘tib ketadi. Bola bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni iloji boricha ertaroq boshlash kerak.