Artrogripoz - Q74.3

Artrogripoz - Q74.3

Artrogripoz - Q74.3

Bu nima:

Bolalar artrogripozi (Q74.3) tug‘ma kasallik bo‘lib, unda chaqaloqning bir nechta bo‘g‘imlari tug‘ilganidan boshlab yaxshi bukilmaydi yoki umuman harakatlanmaydi. Ko‘pincha qo‘l va oyoqlar zararlanadi, bo‘g‘imlar atrofidagi mushaklar nozik va zaif bo‘ladi. Bunda intellekt ko‘pincha normal bo‘ladi - eng avvalo harakatga zarar yetadi.

Asosiy belgilari

Ota-onalar odatda chaqaloqda quyidagilarni payqashadi:

  • qo‘l yoki oyoqlar noodatiy, qotib qolgan holatda bo‘ladi;
  • bo‘g‘imlar yaxshi bukilmaydi va yozilmaydi, harakat hajmi kichik;
  • qo‘l-oyoqlar ingichka, "quruq" ko‘rinadi - mushaklar kam;
  • tengdoshlariga qaraganda kechroq boshni ushlab turish, ag‘darilishlar, o‘tirish, yurishga urinishlar;
  • ko‘pincha oqsoqlik, oyoq va qo‘llarning deformatsiyasi, ba’zan umurtqa pog‘onasining qiyshayishi kuzatiladi.

Ehtimoliy sabablar:

Artrogripozning aniq sababi aniqlanmagan. Kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi omillar:

  • bolaning asab tizimi yoki mushaklaridagi buzilishlar;
  • homiladorlik davrida kam suvlik, bachadon tuzilishining o‘ziga xosligi, ko‘p homilali homiladorlik;
  • og‘ir infeksiyalar, toksinlar, homiladorlik davrida ba’zi dorilarni qabul qilish.

Ko‘p hollarda aniq sababni topib bo‘lmaydi. Ba’zida irsiy xususiyat mavjud, ayniqsa distal shakllarda (faqat qo‘l kaftlari va oyoq panjalarida).

Ko‘pincha qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi?

Artrogripoz belgilari tug‘ilish paytidayoq ko‘rinadi - yangi tug‘ilgan chaqaloq kontrakturalar (bo‘g‘imlarning qiyin harakatlanishi) bilan dunyoga keladi.

Yakuniy tashxis odatda ortoped tomonidan ko‘rik va tekshiruvlardan so‘ng hayotning birinchi oylarida tasdiqlanadi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

Artrrogripoz erta va muntazam qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi, kutib turishni emas. Reabilitatsiya, davolovchi jismoniy mashqlar, ortopedik yordam va mutaxassislar (ortoped, nevrolog, reabilitolog) bilan mashg‘ulotlar bolaning harakatchanligini yaxshilashga, ko‘nikmalarni egallashga va mustaqilligini oshirishga yordam beradi.

Bu yerda asosiy tamoyil

·       davolashni imkon qadar erta boshlash;

·       hayotning ilk haftalaridan boshlab davolovchi jismoniy mashqlar, yumshoq cho‘zishlar, massaj va ortopedik joylashtirish;

·       zarurat bo‘lsa — bosqichma-bosqich gips bog‘lamlar, ortozlar, keyinchalik esa jarrohlik amaliyotlari.

Ota-onalar nima qilishi mumkin:

  •        mutaxassis ko‘rsatgan mashqlarni har kuni bola bilan birga bajarish;
  •        bolani faqat yotqizib qo‘ymaslik — xavfsiz sharoitda harakat qilishiga, atrof-muhitni o‘rganishiga imkon berish.

  • Eslab qolish muhim!

·    bu bola tug‘ilganda kuzatiladigan holat bo‘lib, odatda rivojlanmaydi, ammo tuzatilmasa, deformatsiyalar harakatlanish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin.

  • davolash va reabilitatsiya qanchalik erta boshlangan bo‘lsa, bolaning boshqa bolalar bilan birga o‘tirish, turish, yozish, ovqatlanish, kiyinish va o‘qish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

 

Malakali maslahat yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ortoped-travmatologlar tomonidan ko‘rsatiladi.

- Reabilitatsiya yordami ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) 2 yoshdan, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida 3 yoshdan va umumta’lim muassasalarining inklyuziv sinflarida, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida 7 yoshdan boshlab amalga oshiriladi.

- Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilgan holda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish lozim.