Karlik / kar-soqovlik (91 dB va undan yuqori) - H90.3
Karlik / kar-soqovlik (91 dB va undan yuqori) - H90.3
Bu nima:
H90.3 tashxisi bolada ikki tomonlama
og‘ir neyrosensor eshitish yo‘qotilishi borligini bildiradi (amalda — karlik).
Bu
shuni anglatadiki:
- bola quloq yonida juda baland ovozda gapirilsa ham eshitmaydi;
- faqat juda kuchli tovushlar va vibratsiyalarni sezishi mumkin
(samolyot shovqini, beton sindirgich va shunga o‘xshashlar).
Bu holatda tovush o‘tadigan “yo‘l”
emas, balki eshitish tizimining o‘zi — ichki quloq, eshitish nervi yoki
miyaning eshitish markazlari zararlangan bo‘ladi.
Shu sababli bola “soqov” bo‘lgani uchun emas, balki nutqni eshitmagani va uni tabiiy ravishda o‘rganolmagani uchun gapirmaydi.
Asosiy belgilari:
Chaqaloq va kichik yoshdagi yosh
bolalarda:
- baland
tovushlarga, ovozga, orqadan qarsak chalishga reaksiya yo‘q;
- g‘uvillash
va g‘ijimlash yo‘q yoki juda kam, tezda yo‘qolib ketadi;
- 1
yoshga kelib oddiy ma’noli so‘zlar («ona», «ber») paydo bo‘lmaydi;
- bola
asosan ko‘rish va vibratsiyaga tayanadi: ko‘rsa — javob beradi, ko‘rmasa —
go‘yo eshitmaydi.
Kattaroq bolalarda:
·
gapirayotgan
odamni ko‘rmasa, murojaatga javob bermaydi;
·
hatto
baland nutqni ham tushunmaydi, mimika, imo-ishora va labdan o‘qishga tayanadi;
·
nutq
umuman bo‘lmaydi yoki juda buzilgan bo‘ladi (so‘z boyligi juda kam, so‘zlar
noaniq va “xiralashgan”).
Ehtimoliy sabablari:
Asosiy tug‘ma sabablar - genlar,
homiladorlik paytidagi infeksiyalar, og‘ir gipoksiya va tug‘ilganda vazn
yengilligi.
Orttirilgan sabablardan - meningit
va boshqa og‘ir miya infeksiyalari, ototoksik dorilar
Hatto barcha tekshiruvlar yaxshi
o‘tkazilgan bo‘lsa ham, ba’zida aniq sababni topishning imkoni bo‘lmaydi — bu hech kimning xatosi emas,
zamonaviy tibbiyotdagi haqiqatdir.
Qaysi yoshda
tashxis qo‘yiladi:
- barcha
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyati skriningi - 1 oygacha;
- tasdiqlovchi audiologik diagnostika - 3 oygacha;
- Reabilitatsiyaning
boshlanishi (eshitish moslamalari/koxlear implantatsiya, mashg‘ulotlar) -
6 oygacha.
Bu holatda karlik hayotning
dastlabki oylarida aniqlanadi, nutq kechikishi hali sezilmagan paytda.
Agar skrining o‘tkazilmasa yoki
qamrov past bo‘lsa, tashxis ko‘pincha 1,5–3 yoshda qo‘yiladi, bola
eshitmayotgani va gapirmayotgani aniq bo‘lganida.
Bolani qo‘llab-quvvatlash:
Bolaga mutaxassislar jamoasi
kerak: surdolog + LOR + nevrolog/pediatr (ba’zan genetik).
Og‘ir karlik holatida asosiy yordam — kohlear implantatsiya,
mumkin bo‘lsa, 2–3 yoshgacha amalga oshiriladi.
Surdopedagog va logoped bilan
mashg‘ulotlar majburiy — miyaning nutqni eshitish va tushunishga o‘rganishi
uchun.
Uyda: bola bilan yuzma-yuz gaplashing,
imo-ishoralar, mimika, rasmlar qo‘shing; imo-ishora tili muloqotning ikkinchi
"ko‘prigi" sifatida xizmat qilishi mumkin.
Eslab qolish muhim!
Erta tashxis qo‘yish, koxlear implantatsiya va tizimli mashg‘ulotlarda bola gapirishi, o‘qishi, muloqot qilishi, oddiy bog‘cha va maktabga borishi mumkin.
- Malakali maslahatlar yashash joyi bo‘yicha
davolash-profilaktika muassasalarida bolalar psixonevrologlari va logopedlar
tomonidan ko‘rsatiladi.
- Pedagogik ishlar 2 yoshdan boshlab
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 7 yoshdan esa
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida olib boriladi.
- Yuqorida ko‘rsatilgan muassasalarga
rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun “Inson” ijtimoiy markazlariga
murojaat qilib, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan (PTPK) o‘tish zarur.