Karlik / kar-soqovlik (91 dB va undan yuqori) - H90.3

Karlik / kar-soqovlik (91 dB va undan yuqori) - H90.3

Karlik / kar-soqovlik (91 dB va undan yuqori) - H90.3

Bu nima:

H90.3 tashxisi bolada ikki tomonlama og‘ir neyrosensor eshitish yo‘qotilishi borligini bildiradi (amalda — karlik).

Bu shuni anglatadiki:

  • bola quloq yonida juda baland ovozda gapirilsa ham eshitmaydi;
  • faqat juda kuchli tovushlar va vibratsiyalarni sezishi mumkin
    (samolyot shovqini, beton sindirgich va shunga o‘xshashlar).

Bu holatda tovush o‘tadigan “yo‘l” emas, balki eshitish tizimining o‘zi — ichki quloq, eshitish nervi yoki miyaning eshitish markazlari zararlangan bo‘ladi.

Shu sababli bola “soqov” bo‘lgani uchun emas, balki nutqni eshitmagani va uni tabiiy ravishda o‘rganolmagani uchun gapirmaydi.

Asosiy belgilari:

Chaqaloq va kichik yoshdagi yosh bolalarda:

  • baland tovushlarga, ovozga, orqadan qarsak chalishga reaksiya yo‘q;
  • g‘uvillash va g‘ijimlash yo‘q yoki juda kam, tezda yo‘qolib ketadi;
  • 1 yoshga kelib oddiy ma’noli so‘zlar («ona», «ber») paydo bo‘lmaydi;
  • bola asosan ko‘rish va vibratsiyaga tayanadi: ko‘rsa — javob beradi, ko‘rmasa — go‘yo eshitmaydi.

Kattaroq bolalarda:

·        gapirayotgan odamni ko‘rmasa, murojaatga javob bermaydi;

·        hatto baland nutqni ham tushunmaydi, mimika, imo-ishora va labdan o‘qishga tayanadi;

·        nutq umuman bo‘lmaydi yoki juda buzilgan bo‘ladi (so‘z boyligi juda kam, so‘zlar noaniq va “xiralashgan”).

Ehtimoliy sabablari:

Asosiy tug‘ma sabablar - genlar, homiladorlik paytidagi infeksiyalar, og‘ir gipoksiya va tug‘ilganda vazn yengilligi.

Orttirilgan sabablardan - meningit va boshqa og‘ir miya infeksiyalari, ototoksik dorilar

Hatto barcha tekshiruvlar yaxshi o‘tkazilgan bo‘lsa ham, ba’zida aniq sababni topishning imkoni bo‘lmaydi — bu hech kimning xatosi emas, zamonaviy tibbiyotdagi haqiqatdir.

Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:

  • barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyati skriningi - 1 oygacha;
  • tasdiqlovchi audiologik diagnostika - 3 oygacha;
  • Reabilitatsiyaning boshlanishi (eshitish moslamalari/koxlear implantatsiya, mashg‘ulotlar) - 6 oygacha.

Bu holatda karlik hayotning dastlabki oylarida aniqlanadi, nutq kechikishi hali sezilmagan paytda.

Agar skrining o‘tkazilmasa yoki qamrov past bo‘lsa, tashxis ko‘pincha 1,5–3 yoshda qo‘yiladi, bola eshitmayotgani va gapirmayotgani aniq bo‘lganida.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

Bolaga mutaxassislar jamoasi kerak: surdolog + LOR + nevrolog/pediatr (ba’zan genetik).

Og‘ir karlik holatida asosiy yordam — kohlear implantatsiya, mumkin bo‘lsa, 2–3 yoshgacha amalga oshiriladi.

Surdopedagog va logoped bilan mashg‘ulotlar majburiy — miyaning nutqni eshitish va tushunishga o‘rganishi uchun.

Uyda: bola bilan yuzma-yuz gaplashing, imo-ishoralar, mimika, rasmlar qo‘shing; imo-ishora tili muloqotning ikkinchi "ko‘prigi" sifatida xizmat qilishi mumkin.

Eslab qolish muhim!

Erta tashxis qo‘yish, koxlear implantatsiya va tizimli mashg‘ulotlarda bola gapirishi, o‘qishi, muloqot qilishi, oddiy bog‘cha va maktabga borishi mumkin. 

- Malakali maslahatlar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarida bolalar psixonevrologlari va logopedlar tomonidan ko‘rsatiladi.

- Pedagogik ishlar 2 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 7 yoshdan esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida olib boriladi.

- Yuqorida ko‘rsatilgan muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun “Inson” ijtimoiy markazlariga murojaat qilib, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan (PTPK) o‘tish zarur.