Anoftalm — Q11.2
Anoftalm — Q11.2
Bu nima:
Anoftalm — bu tug‘ma yoki keyinchalik
hosil bo‘lgan holat bo‘lib, unda ko‘z olmasi butunlay
yo‘q yoki faqat rivojlanmagan urug‘cha mavjud bo‘ladi, u ko‘rishga qodir
emas. Poraqlangan
tomondagi ko‘rish butunlay yo‘q va tiklanmaydi.
Asosiy belgilari:
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda:
·
bo‘sh yoki “chuqurlashgan” ko‘z yoriqligi;
·
juda tor yoki “tor shakldagi” ko‘z yoriqligi;
·
qisqa, ba’zan deformatsiyalangan ko‘z qovoqlari;
·
vaqt o‘tishi bilan yuzning zararlangan tomoni
assimetrik bo‘lishi mumkin.
Agar faqat bir ko‘z zararlangan bo‘lsa, ikkinchi
ko‘z normal bo‘lishi va bola undan orientatsiya qilishda foydalanishi mumkin.
Mumkin bo‘lgan sabablari:
Tug‘ma anoftalm:
·
Genetik sindromlar va mutatsiyalar (SOX2, PAX6 va
boshqalar);
·
Homiladorlik davrida og‘ir ichki infeksiyalar
(qizamiqcha, gerpes, toksoplazmoz);
·
Homiladorlikning dastlabki oylarida teratogen omillar:
alkogol, giyohvand moddalar, ayrim dori vositalari, radiatsiya, kimyoviy
moddalar;
·
Amniotik tortilishlar — homila qopchasi ichidagi iplar
ko‘z urug‘chasini siqishi.
Keyinchalik hosil bo‘lgan
(o‘tkazilgan) anoftalm:
· Ko‘zni og‘ir jarohat, o‘smalar yoki davolanmagan yallig‘lanish tufayli jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash (enukleatsiya).
Qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi:
·
Ko‘pincha tug‘ruqxona yoki
hayotning dastlabki oylarida neonatolog va bolalar oftalmologi ko‘rigida
aniqlanadi.
· Qo‘shimcha tekshiruvlar: ko‘z ultratovushi (UZT), orbita KT, ba’zan genetik tahlil.
Bolani qo‘llab-quvvatlash:
Maqsad — ko‘zni tiklash emas, balki yuzning
simmetrik o‘sishini ta’minlash va bolaga tinch, faol hayot yaratish.
·
Erta protizlash: birinchi protez hayotning
dastlabki oylarida qo‘yiladi, keyinchalik orbita
va yuz suyaklari normal shakllanishi uchun protez o‘lchami muntazam
oshiriladi.
·
Bola o‘sib borgani sayin, kerak bo‘lsa, qovoqlar
va ko‘z yoriqlari bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladi, shunda
ko‘z tabiiyroq ko‘rinadi.
·
Ikkinchi ko‘zni “oltin kabi” asrash: oftalmolog
ko‘rigidan o‘tish, jarohatlardan himoya qilish, har qanday muammolarni o‘z
vaqtida davolash.
Muhim
eslatmalar:
-
Anoftalm hayotga xavf tug‘tirmaydi, lekin davolanmasa yuzda jiddiy assimetriya va bolaning
psixologik travmasi rivojlanadi.
-
Protezlashni iloji boricha
erta boshlash bolaning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va
kelajakdagi o‘zini qadrlashiga yordam beradi.
-
Bir ko‘zli bola normal
o‘qiy oladi, do‘stlashadi, sport bilan shug‘ullanadi — shart
shuki, ota-ona va shifokorlar uni “ortiqcha xavotir” bilan cheklamay, xavfsiz va to‘liq hayot sharoitini yaratishlari
kerak.
-
Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar
oftalmologi, psixonevrolog va logoped maslahat beradi.
-
Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3
yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda — maktabgacha ta’lim
tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi;
-
Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan xulosa olish talab etiladi.
Komissiyadan o‘tish uchun ariza “Inson” ijtimoiy markazlari orqali amalga
oshiriladi.