3-4 darajali kifoz - M40
3-4 darajali kifoz - M40
Bu nima:
Bolalarda 3-4 darajali kifoz (M40) - bu ko‘krak qafasida umurtqa pog‘onasining kuchli
qiyshayishi bo‘lib, bunda orqa yoy yoki bukri ko‘rinishida bo‘ladi.
3-4 darajali kifozda nafaqat qomat va yurish, balki yurak, o‘pka va asab tizimi faoliyati ham zarar ko‘radi.
Asosiy
belgilari:
· yaqqol bukchayish,
"o‘rkach," bosh va yelkalar oldinga egilgan;
· bola uzoq vaqt tik turishi va
yurishi qiyin, tez charchaydi, bel og‘rig‘idan shikoyat qiladi;
· nafas qisishi, havo yetishmasligi
hissi, jismoniy faollik paytida yurak urishi;
· oyoqlarda holsizlik, uvishish,
harakatlanishdagi noqulaylik hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Ehtimoliy
sabablari:
· umurtqalarning tug‘ma anomaliyalari;
· sheyerman-mau kasalligi (o‘smirlar
kifozi);
· umurtqa pog‘onasi jarohatlari, og‘ir
infeksiyalar, osteoporoz oqibatlari;
· nevrologik va mushak kasalliklari,
orqa mushaklarning zaifligi "mushak korseti";
· uzoq vaqt davomida davolanmagan
kifozning yengil/o‘rtacha shakli.
Odatda qaysi
yoshda tashxis qo‘yiladi?
Ko‘pincha 3-4 darajali og‘ir kifoz o‘smirlik
davrida - taxminan 10 yoshdan 16 yoshgacha, bola tez o‘sganda va oldin
boshlangan qiyshayish keskin kuchayganda. Dastlabki "signallar"
(bukchayish, charchash, bel o‘grig‘i shikoyatlari) boshlang‘ich sinflardayoq
sezilishi mumkin.
Bolani
qo‘llab-quvvatlash:
· majburiy ravishda
ortoped/vertebrologga murojaat qiling;
· djt kompleksini bajarish, bel
mushaklarini mustahkamlash, zarurat bo‘lsa- korset taqish;
· og‘ir shakllarida va a’zolar
faoliyati buzilganda jarrohlik aralashuvi talab qilinadi;
· bolaga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lish: qo‘llab-quvvatlash, maktabga moslashishiga yordam berish, kichik
jismoniy mashqlarni shifokor tavsiyasiga ko‘ra bajarish.
Eslab
qolish muhim
3-4 darajali kifoz - jiddiy, ammo umidsiz holat
emas: to‘g‘ri davolash bilan orqa mushaklar holati va umumiy holat
yaxshilanishi mumkin.
O‘z-o‘zini davolash, internetdagi "belni
to‘g‘rilash" mashqlari va qo‘pol "belni to‘g‘ri qo‘yish"
harakatlari zarar yetkazishi mumkin.
Ota-ona mutaxassislarga qanchalik erta murojaat
qilsa va tizimli davolanishni boshlasa, bolaning sog‘lig‘i, harakatchanligi va
o‘ziga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
- Malakali maslahat yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ortoped-travmatologlar tomonidan ko‘rsatiladi.
-
Reabilitatsiya yordami ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim
tashkilotlari) 2 yoshdan, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
inklyuziv guruhlarida 3 yoshdan va umumta’lim muassasalarining inklyuziv
sinflarida, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida 7 yoshdan boshlab
amalga oshiriladi.
-
Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilgan holda
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish lozim.