3-4 darajali kifoz - M40
3-4 darajali kifoz - M40
Bu nima
Bolalarda 3-4 darajali kifoz (M40) - bu ko‘krak qafasida umurtqa pog‘onasining kuchli qiyshayishi bo‘lib, bunda orqa yoy yoki bukri ko‘rinishida bo‘ladi.
3-4 darajali kifozda nafaqat qomat va yurish, balki yurak, o‘pka va asab tizimi faoliyati ham zarar ko‘radi.
Asosiy belgilari
- yaqqol bukchayish, "o‘rkach," bosh va yelkalar oldinga egilgan;
- bola uzoq vaqt tik turishi va yurishi qiyin, tez charchaydi, bel og‘rig‘idan shikoyat qiladi;
- nafas qisishi, havo yetishmasligi hissi, jismoniy faollik paytida yurak urishi;
- oyoqlarda holsizlik, uvishish, harakatlanishdagi noqulaylik hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Ehtimoliy sabablari
- umurtqalarning tug‘ma anomaliyalari;
- sheyerman-mau kasalligi (o‘smirlar kifozi);
- umurtqa pog‘onasi jarohatlari, og‘ir infeksiyalar, osteoporoz oqibatlari;
- nevrologik va mushak kasalliklari, orqa mushaklarning zaifligi "mushak korseti";
- uzoq vaqt davomida davolanmagan kifozning yengil/o‘rtacha shakli.
Odatda qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi
Dastlabki "signallar" (bukchayish, charchash, bel o‘grig‘i shikoyatlari) boshlang‘ich sinflardayoq sezilishi mumkin.
Bolani qo‘llab-quvvatlash
- majburiy ravishda ortoped/vertebrologga murojaat qiling;
- djt kompleksini bajarish, bel mushaklarini mustahkamlash, zarurat bo‘lsa- korset taqish;
- og‘ir shakllarida va a’zolar faoliyati buzilganda jarrohlik aralashuvi talab qilinadi;
- bolaga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish: qo‘llab-quvvatlash, maktabga moslashishiga yordam berish, kichik jismoniy mashqlarni shifokor tavsiyasiga ko‘ra bajarish.
Eslab qolish muhim!
3-4 darajali kifoz - jiddiy, ammo umidsiz holat emas: to‘g‘ri davolash bilan orqa mushaklar holati va umumiy holat yaxshilanishi mumkin.
O‘z-o‘zini davolash, internetdagi "belni to‘g‘rilash" mashqlari va qo‘pol "belni to‘g‘ri qo‘yish" harakatlari zarar yetkazishi mumkin.
Reabilitatsiya quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- 2 yoshdan — ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari);
- 3 yoshdan — maktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida;
- 7 yoshdan — umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning inklyuziv sinflarida.
Yuqoridagi muassasalarga joylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur. Buning uchun “Inson” ijtimoiy xizmat markazlariga murojaat qilinadi.