Shaxsiyatning spetsifik buzilishlari — F60

Shaxsiyatning spetsifik buzilishlari — F60

Shaxsiyatning spetsifik buzilishlari — F60

Bu nima

Shaxsiyatning spetsifik buzilishlari — F60 — bu shaxsiyat shakllangandan keyin (odatda 16–18 yoshdan so‘ng) qo‘yiladigan tashxislar bo‘lib, insonning xulq-atvori, fikrlashi va emotsional reaksiyalarining barqaror buzilishi bilan tavsiflanadi.

Bolalarda bu tashxis qo‘yilmaydi, chunki shaxsiyat hali shakllanish jarayonida bo‘ladi.

F60 guruhiga paranoid, shizoid, dissotsial (antisotsial), emotsional beqaror (impulsiv va borderline), gistrionik, anankast (obsessiv-kompulsiv), xavotirli (qochuvchi), qaram, boshqa va aniqlanmagan shaxsiyat buzilishlari kiradi.

Asosiy belgilari

Bolalarda F60 o‘rniga quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:

- impulsivlik, agressivlik;

- kayfiyatning keskin o‘zgarishi;

- ijtimoiy munosabatlarda qiyinchilik;

- qoidalarni buzish yoki ularga moslashmaslik;

- emotsiyalarni boshqarishda qiyinchilik.

Biroq kelajakdagi shaxsiyat buzilishlarining dastlabki belgilari haqiqatan ham bolalikda namoyon bo‘lishi mumkin.

Ehtimoliy sabablari

- genetik moyillik (asosiy omil);

- miyaning organik shikastlanishi (BMJ, perinatal shikastlanishlar);

- bolalikdagi surunkali stressli vaziyatlar;

- travmatik tajriba, emotsional yetishmovchilik;

- noqulay oilaviy muhit;

- nevrologik va somatik buzilishlar;

- ota-onalarning psixoaktiv moddalarni suiiste’mol qilishi.

Buzilish bitta omil tufayli emas, balki moyillik va hayotiy vaziyatlarning kombinatsiyasi natijasida rivojlanadi.

Odatda qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi

F60 tashxisi shaxs shakllangandan so‘ng qo‘yiladi - odatda 16-18 yoshdan boshlab.

Kichik yoshda shunga o‘xshash alomatlar kuzatilishi mumkin, ammo bolalarga rasman boshqa tashxislar qo‘yiladi:

- xulq-atvor buzilishi;

- emotsional buzilishlar;

- bog‘liqlik buzilishi;

- rivojlanish buzilishlari.

Bolani qo‘llab-quvvatlash

Bolalarga F60 tashxisi qoyilmasa-da, oxshash belgilar mavjud bolganda quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

1. Barqaror va osoyishta oilaviy muhitni yaratish

Minimal stress, oldindan rejalashtirilgan kun tartibi, xotirjam muloqot.

2. Emotsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash

Sabrli bo‘lish, qoidalarni yumshoq, bosimsiz va tanqidsiz tushuntirish.

3. O‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berish

Bolani his-tuyg‘ularni boshqarishga, impulslarni nazorat qilishga, o‘z kechinmalarini so‘zlar bilan ifodalashga o‘rgatish.

4. Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish

Muloqot qilish, nizolarni hal etish, tengdoshlar bilan hamkorlik qilishni o‘rgatish.

5. Mutaxassislar bilan ishlash

Tashxis qo‘yish, xulq-atvorni tuzatish va oilani qo‘llab-quvvatlash uchun psixolog, psixoterapevt, bolalar psixiatri bilan bog‘lanish.

6. Xavfsizlikni ta’minlash

Agresivlik, g‘azablanish yoki o‘ziga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarda - darhol shifokorga murojaat qilish.

Eslab qolish muhim

Har bir bola individual rivojlanadi.

O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va korreksiya bilan rivojlanish ijobiy tarafga o‘zgaradi.

Bolani boshqalar bilan solishtirmang, uning shaxsiy yutuqlarini qadrlang.

Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar psixonevrolog maslahat beradi.

Pedagogik yordam 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda va inklyuziv ta’limda amalga oshiriladi.

O‘rta va og‘ir darajadagi bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlari mavjud.

Muassasalarga yo‘naltirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish va “Inson” markazlariga murojaat qilish zarur.