Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari — F83

Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari — F83

Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari — F83

Bu nima

Bu holat ayrim psixik funksiyalarning (xotira, diqqat, tafakkur, nutq, hissiyotlar) sekin yoki notekis rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Bunda umumiy aqliy zaiflik belgilari kuzatilmaydi.

 Asosiy belgilari

- eslab qolish va diqqatni jamlashda qiyinchiliklar;

- tez charchash;

- emotsional holatning beqarorligi;

- yuqori ishonuvchanlik;

- nutq, mantiqiy fikrlash va o‘z-o‘zini boshqarish rivojlanishining kechikishi.

Ehtimoliy sabablar

Sabablar biologik hamda ijtimoiy bo‘lishi mumkin.

Biologik sabablar:

- tug‘ma kasalliklar va asab tizimi patologiyalari;

- homiladorlik va tug‘ruq jarayonidagi asoratlar;

- tug‘ruq jarohatlari.

Ijtimoiy omillar:

- stressli vaziyatlar;

- muloqot yetishmasligi;

- noqulay tarbiya sharoitlari;

- ortiqcha g‘amxo‘rlik yoki, aksincha, haddan tashqari qattiq va avtoritar tarbiya uslubi.

 F83 tashxisi odatda qaysi yoshda qo‘yiladi?

F83 tashxisi (psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari) odatda erta bolalikda, nutq faol shakllanayotganda aniqlanadi. Ko‘pincha bu 3-6 oralig‘ida kuzatiladi, chunki nutq va bilish (kognitiv) funksiyalaridagi yaqqol kechikish yoki yetarli darajada shakllanmaganlik sezila boshlaydi. 

Tashxis qo‘yish uchun logoped, psixolog, psixonevrolog va nevrolog ishtirokida kompleks tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv davomida nutq rivoji, nutqni tushunish va kognitiv jarayonlarning xususiyatlari baholanadi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash

1. Qulay muhit yarating 

Bolani qo‘llab-quvvatlang, tanqid qilmang, sokin va ijobiy emotsional muhit yarating.

2. Mustaqillikni rivojlantiring

Bolaning o‘rniga hamma ishni bajarmang, uning tashabbusini va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini rag‘batlantiring.

3. O‘rganishda ehtiyotkorlik bilan yo‘l ko‘rsating

Tushunishga yordam bering, lekin topshiriqlarni bola o‘rniga bajarmang.

4. Psixik funksiyalarni o‘yin orqali rivojlantiring

- xotirasini savollar va suhbatlar orqali mustahkamlang. 

- fikrlashini taqqoslash va farqlash mashqlari bilan rivojlantiring.

- nutqini mashqlar, qayta aytish va rasmlar asosidagi hikoyalar orqali boyiting.

5. Rag‘batlantiring

Kichik yutuqlarni ham e’tirof eting — bu bolaning o‘ziga ishonchini oshiradi.

6. Mutaxassislarga murojaat qiling

Tashxis va korreksiya uchun defektolog, logoped, bolalar psixologi, nevrolog va psixonevrolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Eslab qoling!

Har bir bola individual sur’atda rivojlanadi. O‘z vaqtida tashxis qo‘yilib, korreksiya ishlari olib borilsa, prognoz odatda ijobiy bo‘ladi. Bolani boshqalar bilan solishtirmasdan, uning shaxsiy rivojlanishini kuzatish muhim.

Malakali yordam yashash joyidagi davolash muassasalarida bolalar psixonevrologlari va logopedlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Pedagogik yordam 3 yoshdan boshlab maxsus muassasalarda, shuningdek inklyuziv guruhlar va sinflarda tashkil etiladi.

Ta’lim olish uchun xulosa olish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari orqali psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur.