Bolalar serebral falaji - G80

Bolalar serebral falaji - G80

Bolalar serebral falaji - G80

Bu nima:

Bolalar serebral falaji (BSF) — bu bolaning miyasiga yetkazilgan shikastlanish natijasida harakatlar, tana holati va muvofiqlashtirish buziladigan holatdir.

BSF harakatlarga, tana holatiga, mushak tonusiga va muvofiqlashtirishga ta’sir qiladi. Uning namoyon bo‘lishi turlicha bo‘lishi mumkin — yengil shakllardan tortib, yanada yaqqol holatlargacha. Shu bilan birga, aql-idrok to‘liq yoki qisman saqlangan bo‘lishi mumkin va BSFga ega bo‘lgan ko‘plab bolalar o‘qiydi, muloqot qiladi va rivojlanadi.

Asosiy belgilari:

BSF turli bolalarda turlicha namoyon bo‘ladi, ammo ko‘pincha quyidagilar kuzatiladi:

  • motor rivojlanishining kechikishi ( bosh ushlash, ag‘darilish, o‘tirish, yurish kechikishi);
  • mushaklarning g‘ayrioddiy tonusi: haddan tashqari taranglashgan (spastik) yoki aksincha, bo‘shashgan mushaklar;
  • noqulaylik, yurish, muvofiqlashtirish, muvozanatni saqlashda qiyinchiliklar;
  • g‘ayritabiiy holatlar, oyoqlarni chalishtirish, "oyoq uchida" yurish;

Bundan tashqari, quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • nutq buzilishi, yutish;
  • ko‘rish va eshitish bilan bog‘liq muammolar;
  • epileptik xurujlar;
  • intellektual qiyinchiliklar (lekin bolalarning bir qismi normal intellektga ega).

Ehtimoliy sabablar:

Homiladorlik davrida (bachadon ichida):

·        onaning surunkali kasalliklari;

·        bachadon ichidagi infeksiyalar;

·        yo‘ldosh (platsenta) qon aylanishining buzilishi, gipoksiya (kislorod yetishmovchiligi);

·        homiladorlikning og‘ir asoratlari.

Tug‘ruq vaqtida:

·        asfiksiya (bo‘g‘ilish);

·        tug‘ruq jarohatlari;

·        juda tez yoki aksincha, cho‘zilgan tug‘ruq, muddatidan oldin tug‘ilish.

Tug‘ruqdan keyin:

·        miyaning og‘ir infeksiyalari (meningit, ensefalit);

·        bolada insult;

·        bosh miya sohasining og‘ir jarohatlari.

Ko‘pincha bir nechta omillar bir vaqtda uchraydi.

Odatda qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi?

Dastlabki xavotirli belgilar hayotning ilk oylaridayoq ko‘rinishi mumkin.(bola boshini ushlay olmaydi, juda bo‘sh yoki aksincha, haddan tashqari tarang bo‘ladi). o‘pincha BSF tashxisi 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda tasdiqlanadi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

BSFda yordam - mutaxassislarning muntazam, jamoaviy ishi:

  • Nevrolog - kuzatadi, tashxis qo‘yadi, dori-darmonlar buyuradi (tutqanoq, spastiklik va boshqalarda).
  • Fizioterapevt, DJT instruktori, reabilitolog - mashqlar, vertikalizatsiya, yurish mashqlari,
  • Logoped / defektolog, psixolog, ergoterapevt - nutq, tafakkur, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, o‘yin, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiri.
  • Ortoped - bo‘g‘imlarni, umurtqa pog‘onasini kuzatib boradi, ortezlarni tanlaydi, zarur bo‘lsa, operatsiyalarni bajaradi.

Ota-onalarning doimiy yordami:

  • mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra bola bilan o‘ynaydi va harakatlanadi;
  • har qanday faollikka urinishni rag‘batlantiradi;

Reabilitatsiya qanchalik erta boshlansa, bola shunchalik ko‘p ko‘nikmalarni o‘zlashtira oladi.

Eslab qolish muhim

BSF yosh o‘tishi bilan yomonlashmaydi, lekin reabilitatsiyasiz ikkilamchi muammolar (kontrakturalar, deformatsiyalar, skolioz) paydo bo‘lishi mumkin.

BSF bilan og‘rigan ko‘plab bolalar qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya sharoitida yurishlari, o‘qishlari, muloqot qilishlari, ishlashlari va iloji boricha mustaqil bo‘lishlari mumkin.

Tashxisni faqat nevropatolog qo‘yadi.

- Malakali maslahat yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ortoped-travmatologlar tomonidan ko‘rsatiladi.

- Reabilitatsiya yordami ixtisoslashtirilgan muassasalarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) 2 yoshdan, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining inklyuziv guruhlarida 3 yoshdan va umumta’lim muassasalarining inklyuziv sinflarida, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida 7 yoshdan boshlab amalga oshiriladi.

- Yuqoridagi muassasalarga rasmiylashtirish uchun xulosa olish uchun "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilgan holda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish lozim.