Различные формы психопатий — F60

Различные формы психопатий — F60

Различные формы психопатий — F60

Bu nima:

Rasmiy ravishda bolalarda F60 — «spesifik shaxsiylik buzilishlari» tashxisi qo‘yilmaydi, chunki shaxsiyat hali shakllanmoqda. Bolalar va o‘smirlarda shaxsiyat buzilishlariga o‘xshash xulq-atvor, emotsional va xarakter xususiyatlari kuzatilishi mumkin., ammo tashxis faqat 16-18 yoshdan keyin shaxs tuzilishi yanada barqaror bo‘lganda qo‘yiladi.

Asosiy belgilari:

Bolalarda shaxsiyat buzilishi o‘rniga odatda quyidagilar tashxislanadi:

  • xulq-atvor buzilishi,
  • emotsional buzilishlar,
  • bog‘liqlik buzilishi,
  • xarakter aksentuatsiyasi,
  • aralash rivojlanish buzilishlari.

Biroq kelajakdagi shaxsiyat buzilishlarining dastlabki belgilari haqiqatan ham bolalikda namoyon bo‘lishi mumkin.

Ehtimoliy sabablari:

  • genetik moyillik (asosiy omil);
  • miyaning organik shikastlanishi (BMJ, perinatal shikastlanishlar);
  • bolalikdagi surunkali stressli vaziyatlar;
  • travmatik tajriba, emotsional yetishmovchilik;
  • noqulay oilaviy muhit;
  • nevrologik va somatik buzilishlar;
  • ota-onalarning psixoaktiv moddalarni suiiste’mol qilishi.

Buzilish bitta omil tufayli emas, balki moyillik va hayotiy vaziyatlarning kombinatsiyasi natijasida rivojlanadi.

Odatda qaysi yoshda tashxis qo‘yiladi?

F60 tashxisi shaxs shakllangandan so‘ng qo‘yiladi - odatda 16-18 yoshdan boshlab. Kichik yoshda shunga o‘xshash alomatlar kuzatilishi mumkin, ammo bolalarga rasman boshqa tashxislar qo‘yiladi:

  • xulq-atvor buzilishi,
  • emotsional buzilishlar,
  • bog‘liqlik buzilishi,
  • xarakter aksentuatsiyasi.

Bolani qo‘llab-quvvatlash:

Bolalarga F60 tashxisi qoyilmasa-da, oxshash belgilar mavjud bolganda quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

1. Barqaror va osoyishta oilaviy muhitni yaratish

Minimal stress, oldindan rejalashtirilgan kun tartibi, xotirjam muloqot.

2. Emotsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash

Sabrli bo‘lish, qoidalarni yumshoq, bosimsiz va tanqidsiz tushuntirish.

3. O‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berish

Bolani his-tuyg‘ularni boshqarishga, impulslarni nazorat qilishga, o‘z kechinmalarini so‘zlar bilan ifodalashga o‘rgatish.

4. Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish

Muloqot qilish, nizolarni hal etish, tengdoshlar bilan hamkorlik qilishni o‘rgatish.

5. Mutaxassislar bilan ishlash

Tashxis qo‘yish, xulq-atvorni tuzatish va oilani qo‘llab-quvvatlash uchun psixolog, psixoterapevt, bolalar psixiatri bilan bog‘lanish.

6. Xavfsizlikni ta’minlash

Agresivlik, g‘azablanish yoki o‘ziga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarda - darhol shifokorga murojaat qilish.

Eslab qolish muhi

- Har bir bola individual rivojlanadi;

- O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va korreksiya bilan rivojlanish ijobiy tarafga o‘zgaradi;

- Bolani boshqalar bilan solishtirmang, uning shaxsiy yutuqlarini qadrlang;

- Yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida malakali bolalar psixonevrolog maslahat beradi