Afakiya / Artifakiya —Q12.3
Afakiya / Artifakiya —Q12.3
Bu nima
Afakiya — bu ko‘zda tabiiy linza (gavhar) yo‘qligi holati.
Artifakiya (psevdofakiya) — gavhar olib tashlanib, uning o‘rniga sun’iy linza (IOL) o‘rnatilgan holat.
Bolalarda bu quyidagi holatlarda uchraydi:
- tug‘ma katarakta yoki og‘ir jarohatdan keyingi operatsiyadan so‘ng;
- kam hollarda — homila davrida gavhar shakllanmagan bo‘lsa (tug‘ma afakiya).
Asosiy belgilar
Kichik yoshdagi bolalarda quyidagilar kuzatiladi:
- qorachiqning noodatiy ko‘rinishi (oldin xiralashgan, keyin “chuqur” ko‘rinadi);
- predmetlarga nigohni yaxshi qaratmaslik;
- buyumlarni juda yaqin tutish;
- ko‘z harakati buzilishi (kosog‘laylik, nistagm);
- ko‘rishning pasayishi (katta yoshdagi bolalarda shikoyatlar).
Sun’iy linza o‘rnatilganda, to‘g‘ri korreksiya bilan ko‘rish ancha yaxshilanadi.
Mumkin bo‘lgan sabablar
- tug‘ma katarakta (infeksiyalar, genetik yoki metabolik sabablar bilan bog‘liq);
ko‘z jarohatlari;
- katarakta operatsiyasi;
- tug‘ma rivojlanish anomaliyalari.
Qaysi yoshda ko‘pincha tashxis qo‘yiladi
Afakiya – tug‘ruqxona yoki hayotning ilk oylarida, oftalmolog ko‘rigida aniqlanadi.
Artifakiya – operatsiyadan keyin aniqlanadi (tug‘ma kataraktada ko‘pincha 1–12 oyda, jarohat sababli esa maktab yoshida).
Qanchalik erta muammo aniqlansa va operatsiya hamda optik korreksiya o‘tkazilsa, ko‘rishning normal rivojlanish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Bolani qo‘llab-quvvatlash
- bolalar oftalmologi nazoratida muntazam tekshiruvlar;
- optik korreksiya (ko‘zoynak yoki kontakt linza);
- ambliopiya va kosog‘laylikni davolash;
- zarurat bo‘lsa — operatsiya;
- reabilitatsiya (tiflopedagog, logoped, psixolog);
- uy va maktab sharoitini moslashtirish (yorug‘lik, masofa, tanaffuslar).
Eslab qolish muhim!
Bu holat davolanadigan va nazorat qilinadigan muammo.
Ko‘rish tizimi 7–8 yoshgacha shakllanadi, vaqtni yo‘qotmaslik muhim.
Ko‘zoynak yoki linzalarni rad etish xavfli. Barcha davolash qarorlarini faqat oftalmolog qabul qiladi;
erta davolash va muntazam kuzatuv eng muhim omil hisoblanadi.
Malakali yordam yashash joyidagi bolalar oftalmologlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Pedagogik yordam (tiflopedagog bilan mashg‘ulotlar) 3 yoshdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarda, shuningdek, ikki tomonlama ko‘rish buzilishida inklyuziv guruhlar va sinflarda amalga oshiriladi.
Muassasalarga joylashtirish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish zarur. Buning uchun “Inson” ijtimoiy markazlariga murojaat qilinadi.